5736      1     Dolzarb, Jamiyat

Alimboy NISHONOV,jurnalist: TDYUU BUGUNGI KO‘RINISHDAGI FAOLIYATINI TUGATISHI LOZIM

Oliy ta’lim muassasalarining barchasida belgilangan kvotadan tashqari test sinovlarida yetarli ball to‘play olmagan abuturiyentlarning talaba bo‘lishi uchun superkontrakt bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish tizimi joriy etildi. Oshirilgan to‘lov shartnomasida to‘lov miqdori oliy o‘quv yurtidagi shartnomaga nisbatan 1,5 barobardan 25 barobargacha qilib belgilandi.

Bu yil oshirilgan kontraktning eng yuqori miqdori Toshkent davlat yuridik universitetida qayd etildi. Bu bejiz emas, albatta. Sababi yoshlarimiz orasida huquq-tartibot idoralariga mutaxassislar tayyorlab beradigan ushbu oliy o‘quv yurtiga qiziqish katta.

Xo‘sh, Toshkent davlat yuridik universitetiga superkontrakt asosida qabul qilingan talabalar o‘qishni tugatgandan so‘ng ish haqi hisobidan qancha vaqtda davomida sarflangan xarajatni qoplay oladi? Oyiga 2,5-3 million so‘mdan yemay, ichmay to‘plasa, 10 yilda ta’lim uchun sarflangan pulni yig‘ishi mumkin ekan. Xo‘sh ushbu xarajatni huquq-tartibot organlarining  bo‘lajak xodimlari qaysi manbadan qoplaydi? Sizda javob bormi?

Nazarimda, Toshkent davlat yuridik universiteti bugungi ko‘rinishdagi faoliyatini tugatishi lozim. Mazkur oliy o‘quv yurtidagi fakultetlar mamlakatimizdagi boshqa oliy o‘quv yurtlariga taqsimlab berilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Jumladan, pedagogika oliy yurtida pedagog-huquqshunos, jurnalistikada – huquq jurnalisti, iqtisod sohasida iqtosodchi-huquqshunos, qo‘yingki tegishli soha ilmidan boxabar huquqshunoslar tayyorlashini tashkil etish lozim. Toshkent davlat yuridik universiteti esa Huquqshunoslar oliy maktabiga aylantirilishi maqsadga muvofiq. Ushbu maskanda huquqshunoslarga sohaning turli yo‘nalishlarini mukammal o‘rgatadigan kurslar ochish, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganlarga muayyan soha bo‘yicha faoliyat yuritish huquqini beruvchi sertifikat berilishini belgilash lozim.

 Shunda, birinchidan, mamlakatimizda xuquq ilmidan boxabar oliy ma’lumotli soha mutaxassislarining behisob zahirasi yaratiladi. Ikkinchidan, Oliy yuridik maktabda talabgorlarga xalqaro, fuqarolik, ma’muriy, notarial, iqtisodiy, jinoiy, tibbiy, kriminalistik va boshqa ko‘plab huquq-tartibot sohasiga oid bilimlarni chuqur egallash imkoniyati paydo bo‘ladi, ko‘plab bilimli, malakali ekspert-huquqshunos mutaxassislar tayyorlashga shart-sharoit yaratiladi.

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

1 ta fikr bildirilgan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.