118      0     Jamiyat, Siyosat

“BUYUK IPAK YO’LI” KO’CHASI ROSSIYADAMI?

Poytaxtimizning Mirzo Ulug’bek tumanidagi “Buyuk ipak yo’li” ko’chasida joylashgan ko’pqavatli uylarning birinchi qavatidagi do’konlar peshlavhalariga e’tiboringizni qaratmoqchiman: “Stroymir”, ”Domashnyaya vipechka”, “Faberlik”, “VET klinika apteka”, “Salon krasoti”, “Mujskaya odejda”, “Obuv”, ”Sladosti”, “Svadebniy salon”, “AzZARA”, “Burger”, “Mujskoy salon”, “Vino-vodka”, “Korzinka”, “Makro”, “Familya”, “Kaffelito koffee”, “Orlent Leasing”, “EAE mebel”.

Bu nomlarni ko’rib, Rossiyada yuribman, shekilli, deb o’ylab qolaman ba’zan va har safar shu ko’chadan o’tganimda ko’ksimni bir og’riq tilgandek bo’ladi. Ichimdagi bir ovoz “Nega endi O’zbekistonda o’zbek tili davlat tili bo’la turib, peshlavhasi ona tilida yozilgan biror manzil yo makonni topolmaysan?” degandek bo’laveradi.

“Davlat tili haqida”gi qonunning 20-moddasida shunday deyilgan: “Lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko’rgazmalar hamda og’zaki axborot matnlari davlat tilida rasmiylashtiriladi va e’lon qilinadi hamda boshqa tillarda tarjimasi berilishi mumkin”.
Afsuski…

Bu yozuvlarni nazorat qiladigan mutasaddilar holatni ko’rib, ko’rmaganga olishi, ayniqsa, o’zbek millatiga mansub bo’la turib, go’yo tadbirkorlik faoliyatini nomlashda xorijiy tildan foydalansa, oshig’i olchi bo’ladi, deb o’ylovchi ayrim ishbilarmonlarga aytar gapim bor: qachon
ona tilingizni hurmat qila boshlaysiz?

Xonbibi HIMMAT qizi,
jurnalist

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.