401      0     Huquq, Jamiyat

Huquqsizlik oqibatlari

Qashqadaryoning Koson tumanida 18 yoshli M.Jo‘rayeva o‘z joniga qasd qildi (?)

Marhuma

Voqeaga ko‘ra, ota-ona qizining nomusiga tekkan 4 bolali kishiga uni nikohlab bergan. Shu taxlit birinchi jinoyat yashirilgan. Go‘yo o‘shanda obro‘, nomus himoya qilindi, nom oqlandi. Ammo noto‘g‘ri bu yechim bir norasidaning o‘limi – suiqasd deb tavsiflanayotgan shubhali o‘lim bilan yakunlandi. Bechora, 2002 tug‘ilgan ekan.

Samarqandda ikki boshli chaqaloq tug‘ildi.

Siam egizaklar

Homiladagi nuqson haqida ota-ona vaqtida xabardor etilgan. Homilani dunyoga keltirish ham ona, ham homila hayoti uchun xavf tug‘dirishi haqida mutaxassislar o‘z vaqtida ogohlantirishgan. Homiladorlikni to‘xtatish haqidagi tavsiyalarga kelin rozi bo‘lgan, hatto tilxat yozib bergan. Ammo qaynota ko‘nmagan. Endi esa bobo egizaklardan voz kechmoqchi. TVga telefon orqali bergan intervyusida: “Qayerga olib ketamiz uni. Uning qancha yashashini ham bilmaymiz”, debdi.

Yuqoridagilardan kichik xulosa: fikrlashimizni o‘zgartirmas ekanmiz, jamiyat ham o‘zgarmaydi.

P.S. Qiz bola o‘stirayotgan ota-ona uni bamisli sher kabi tarbiyalashi kerak! Toki, har joyda o‘zini himoya qilsin, haqini ajratishga, huquqini talab qilishga qurbi yetsin. Sherki, nafaqat o‘zini, balki kelgusida ona sherga xos shijoat va dovyuraklik bilan farzandlarini-da muhofaza qilishga qodir bo‘lsin.

Feruza Egamova

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.