548      0     Dolzarb, Xalqaro

JO’MARD QAROR

Qozog’iston prezidenti Qosim Jo’mard To’qaev mamlakat Senati raisi Darig’a Nazarboevaning vakolatini tugatdi.O’z tvitterida To’qaev Nazarboevaga hozirgacha amalga oshirgan ishlariga rahmat aytdi.Bu uning ilk jo’mard qarori bo’ldi.

Darig’a xonim Qozog’istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboevni qizi bo’lib, mamlakatda uzoq yillar otasidan keyingi shaxs bo’lgan.O’tgan yili prezidentlikdan o’z xohishiga ko’ra ketgan Elboshi esa hamon egardan tushmagan. U prezidentga ta’sir qila oladigan ko’plab huquqiy-siyosiy “muruvatlarni” saqlab qolgan.So’nggi paytlarda Elboshining sog’lig’i borasida tarqalgan xabarlar rost bo’lsa, bu vaziyatda u qizini himoya qilolmagan bo’lishi mumkin.
Yana bir variant: bu qaror aynan uning o’zidan chiqqan.Qozog’iston ayni paytda qiyin ahvolda. Bu vaziyatda mamlakatga bitta rahbar kerak. Uchta emas. Hozirgacha To’qaev ota-bola Nazarboevlar bilan hisoblashib kelgani sir emas. Darig’a xonim oxirgi paytlarda Senat raisi sifatida ko’p marotaba hukumat qarorlarini tanqid qilib, davlatga nisbatan ishonchsizlik
kayfiyatini shakllantirayotgandi. Pandemiya qozoq amaldorlarini To’qaev atrofida birlashtirdi.Endi Qozog’iston prezidenti uchun haqiqiy sinovli vaqt boshlandi. Ayni o’zini namoyon qiladigan davri keldi.

Anvar Ikramov

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.