424      0     Jamiyat

Karantin va oilaviy munosabatlar

Xorijiy OAVda arqatilgan xabarlarga kra, pandemiya sababli e’lon qilingan karantin oilaviy munosabatlarga jiddiy zarar yetkazgan. Masalan, Xitoyda karantindan so‘ng oilaviy ajralishlar soni ortgani kuzatilgan. Xo‘sh, bizda-chi?

Fikrat.uz telegram kanali ayni masalada “Karantin davri oilaviy munosabatlaringizga qanday ta’sir ko‘rsatdi?”, degan savol bilan so‘rovnoma o‘tkazdi. So‘rovnomada ishtirok etgan 2124 nafar kishining 39 foizi ijobiy, 17 foizi salbiy, 44 foizi esa, aytarli hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi, degan javob berishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni masalada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi ham “Karantin paytida oilalardagi munosabatlarni va ehtiyojlarni baholash” bo‘yicha aholi o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazgan ekan. Unda respublikaning barcha hududlaridan jami 468 nafar respondent ishtirok etgan. Respondentlarning fikricha,bu holat oila a’zolarining o‘zaro munosabatlariga ta’sir qilmagan, ta’sir qilganda ham bu faqat yaxshi tomonga bo‘lgan. Xususan, respondentlarning 42 foizi oilaviy munosabatlari yanada mustahkamlanganini ta’kidlashgan.

Aprel oyida BMTning Bolalar fondi (YuNISEF) yoshlar uchun UReportraqamli platformasi orqali shu mavzuda onlayn so‘rovnoma o‘tkazilgan. Unda 10 420 nafar respondent ishtirok etgan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlarining 47 foizi karantin sharoiti oilalardagi munosabatlarga ta’sir qilmadi, deb hisoblaydi. 38 foizi esa, agar ta’sir qilsa ham, asosan yaxshi tomonga ta’sir qilganini va atigi 8 foizi karantin tufayli oiladagi ahvol yomon tomonga o‘zgarganini ta’kidlagan. Shuningdek, so‘ralgan yoshlarning fikriga ko‘ra, bir-birini o‘zaro tushunish va muloqot muhiti yaxshilangan (46 foiz), munosabatlar yanada mustahkamlangan (27 foiz), erkaklar uy yumushlari va farzand tarbiyasida ayollariga yordam bera boshlaganlar (16 foiz).

E’tibor bergan bo‘lsangiz, Fikrat.uz, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, BMTning Bolalar fondi (YuNISEF) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomalarda deyarli bir xil ko‘rsatkich ifodalangan. Bu esa xalqimizning naqadar oilaparvar va sabrli ekanidan dalolatdir.

P.S. So‘rovnomalar tahlillari, karantin sharoitida olingan xulosalar kelgusida yoshlar va kattalar o‘rtasidagi muloqotni kengaytirish va ko‘paytirish, milliy an’analarimiz va azaliy oilaviy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilishga e’tibor qaratish lozimligini anglatadi. Zero, oila – bizning yuksak boyligimiz!

Shuningdek, onlayn ta’lim, onlayn ish faoliyatini yo‘lga qo‘yishning resurs va sarf-xarajatlarni iqtisod qilishdagi, vaqtdan yutish borasidagi ijobiy yechimlari va afzalliklarini o‘rganish, amaliyotga tatbiq etish masalasini kun tartibiga kiritish jamiyat va raqamli iqtisodiyot rivojini ta’minlash borasidagi muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.