958      0     Dolzarb, Sayohat, Xalqaro

Li Ji Lin: “O’ZBEKISTONGA INVESTITSIYA KIRITMOQCHIMAN”

Prezidentimizning 2019 yil 12 sentyabrdagi farmoniga asosan 2020 yilning 1 yanvaridan boshlab, Xitoy fuqarolari uchun 7 kundan ko’p bo’lmagan muddatga O’zbekistonga vizasiz kirish imkoniyati yaratildi.

O’zbekistonga vizasiz tartib bo’yicha kelgan ilk xitoylik sayyohlar kutib olindi.

Chegaradan vizasiz o’tgan birinchi Xitoy fuqarosi Li Ji Lin investitsiya kiritish maqsadida O’zbekistonni yaqindan o’rganish uchun kelganini ta’kidladi.

“Vizasiz rejimning yo’lga qo’yilishi xitoyliklarga katta imkoniyatlar yaratadi. O’zim Shandun provintsiyasidagi yirik kompaniya rahbariman. Mamlakatingizni o’rganib chiqib, unga katta investitsiya kiritishni rejalashtiryapman. Bugungi kunda xitoyliklar dunyo bo’ylab juda ko’p sayohat qilishadi: o’tgan yili 120 million xitoylik dunyo bo’yicha sayohatga chiqqan. O’ylaymanki, bundan keyin mamlakatingizga ko’plab xitoyliklar kela boshlaydi”, — deydi Li Ji Lin.

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.