820      0     Dolzarb, San'at

Madaniyat vaziriga ochiq xat

Sharofiddin To’laganov:

Assalomu alaykum Ozodbek aka.
Avvaldan aytib qo’yay, uyimda divan ham yo’q, xotinim bilan oxirgi marta qachon janjallashganimni ham eslay olmayman. Shu sababli meni g’alamislar safiga qo’shmaysiz, degan umiddaman.
“Archa bayramlarida o’n kunlab xalqimizning xizmatini qiladigan” (bu sizning iborangiz) xonandalaringizga aytib qo’ysangiz, xayriya ham qilishmasin, ehson ham qilishmasin. Ularning uliga xalqimiz zor emas. Faqat uylarida o’tirvolib oshxonasini, qilayotgan qozon kaboblarni
ko’rsatib xalqimizga “Uyda o’tiring” deya murojaat qilishmasin. Iltimos, ulardan boshqa hech narsa talab qilmaymiz.
Bir rivoyatdagi, asal yeb turgan tabib bemorga “asal yema” desa samara bermaganidek, dasturxoni to’kin-sochin xonanda birovlarga “Uyda o’tiring” desa g’alati bo’larkan.

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.