367      0     Dolzarb, San'at

Nigora NISHONBOYEVA, jurnalist: “NASAFIY, NAFASINGIZNI ASRAAANG”

Yopiray, Nasafiy degan allambalo qo’shiqchi chiqibdi, ko’zingiz tushdimi? Xaybatidan ot hurkadi-ya. Soch-soqoli, mo’ylovi oppoq, naq nuroniyning o’zginasi deysiz. Ammo tagini surishtirsangiz, bir mishiqi bola chiqar-ov. Ha mayli, nima bo’lganda ham shaxsiyatiga tegishdan yiroqmiz. Ammo Nasafiy deganlarida kamida ko’z oldimga allomai komil keldi-da. Axir Qashqadaryonnig Nasafidan hazilakam allomalar chiqqanmi?! Qarasak, bir tayin-tuturig’i yo’q kimsa qilpang-qilpang qilib turibdi-da. O’zicha o’zidan “asl san’atkor” yasab olganiga o’laymi yoki qolaymi deysiz. (shaxsiyatiga tegmayman, degandim, ammo hech bo’lmayapti-da. Klavishlar o’z-o’zidan ishga tushib ketyapti)

Endi bir gap. Nasafiyjonning videolarini ko’rib chiqdim. Qoyil, “asl san’at shaydosi ekan”. Ko’rgan sayin, yopiray, qoyil-e, yorvoribdi-ku, deya ko’ksimga tuflab o’tirishdan nariga o’tolmadim. Ammo shu yigitchaga bir-ikki og’iz, kichikkina e’tirozcham bor-da, malol olmaysiz. 

“Nasafiyjon, ko’rinishingizdan yosh yigitcha ekanligingiz ko’rinib turibdi. Keling, yigitcha, shundoq ham biqirlab qaynab turgan san’atimizning doshqozoni bo’lar-bo’lmas narsalarga to’lib yotibdi. O’zi siz yetishmay turgandingiz, o’zingizni vaqtida qo’lga oling, mardi-maydonni tark eta qoling. Mardi-maydonda mardlarcha turish hammaga emas. O’zbekka, o’zbek millatiga qilpang-qilpanglar emas, haqiqiy fidoyi farzandlar kerak.

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.