443      0     Dolzarb, Jamiyat

Oddiy hazil qanday qilib O’zbekistonda siyosatga aylanib ketdi? (1-maqola)

Maqolani o’qib, ko’pchilik xafa bo’lishi mumkin, shu bois oldindan uzr so’raymiz. Zero, maqsadimiz milliy mass-mediamiz umume’tirof etilgan printsiplar asosida ishlasa, taraqqiy etsa…

3 kun avval O’zbekistonning nufuzli internet saytlarida, jumladan, Qalampir.uz, XS.uz (Xalq so’zi online) va Effect.uz saytlarida ushbu xabar e’lon qilindi: «Nur-Sulton shahrining nomi qayta Ostonaga o’zgartiriladi».

Biroq bu xabar asossiz (yoki yolg’on) edi, chunki…

O’zining kutilmagan hazillari bilan tanilgan Fishki.net sayti 2019 yil 1 aprel kuni «Gorod Nursultan pereimenuyet obratno v Astanu» degan maqola e`lon qildi. Maqola 1 aprel hazili bo’lib, undagi barcha ma’lumotlar to’qib chiqarilgan va vaqt o’tib barchaning yodidan ko’tarilgandi.

Maqola mualliflari hammasi hazil ekanligini ham yozib qo’yishgan.

Biroq bir yildan so’ng 7 iyun kuni soat 6:50 da jurnalist Bahodir Ahmedov telegram kanalida «Fishki.net»ning hazilini eslaydi:

Nimagadir Bahodir Axmedov postni 5 soatdan so’ng o’chirgan.

Maqolaning hazil ekanligiga e’tibor bermagan Xs.uz sayti (ehtimol boshqalardan avvalroq e’lon yoki xayp qilish uchun) soat 11:56 da (tarjima) maqolani e’lon qiladi.

Feyk xabar 1616 marta ko’rilgan.

Ortidan Effect.uz sayti soat 17:19 da tarjima qilingan maqolani “o’g’irlaydi”, biroq ular ham maqola hazil ekanligiga e’tibor berishmaydi.

Feyk xabar 716 marta ko’rilgan.

Qalampir.uz ham ulardan qolib ketishni xohlamaydi.

Bu safar feyk xabarni ko’pchilik, naq 20212 kishi o’qiydi.

Qiziq holat: bilasiz, Bahodir Ahmedov Qalampir.uz saytida ishlaydi. Shu sabab ba’zi savollar tug’iladiki, Qalampir.uz Bahodir Ahmedovdan o’zlari so’rab olishar?

Xullas, oddiygina hazil O’zbekistonga kelib, jiddiy siyosiy axborotga aylanib ketdi.

Hali ham ishonmayapsizmi? Kechagi «Rutan» bilan bog’liq voqeaga e’tibor bering!

Podrobno.uz 5 yil avval «Rutan» preparati ixtiro qilinganligi haqida post e’lon qilgan bo’lsa-da, kecha «Rutan»ning yana ixtiro qilinganligini yozdi. 300 dan ortiq saytlar va telegram kanallarida «O’zbekiston olimlari koronavirusga qarshi dori ixtiro qildi» sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Negadir, mening sevimli nashrim Qalampir.uz ham ular orasida bor.

Bu xabarlarni esa milliondan ortiq insonlar o’qidi.

Xulosa qilib aytganda, bunday kulguli va g’alati holatlarga (1) internetdagi ko’chirmachilik va milliy axborot sigmentida (2) fact checking (xabarning haqqoniyligini tekshirish) yo’qligi sababchidir.

Bundan ham kulguli va g’alati holatlarni keyingi 2-maqolamizda o’qishingiz mumkin.

Suqrot Toshkandiy

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.