2038      0     Dolzarb, Sport

Olimjon O‘SAROV, jurnalist, yurist: 200 MING AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI MUKOFOT PULI DAVLAT G‘AZNASIGA QAYTARILADI…mi?

6-iyul sanasi “Olimpiya kuni” sifatida butun dunyoda keng nishonlanadi.

Bu yil O‘zbekistonda ham “Olimpiya kuni” ilk bor Umummilliy xalq sayli tarzida keng nishonlandi. Joylarda esa bu boradagi tadbirlar bayramona shukuhda bo‘lib o‘tdi.

Negadir ayni chog‘da miyamda bir savol charx urmoqda.
Xabaringiz bor, Prezidentimizning tegishli Farmoni asosida 2016 yili Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida Yozgi Olimpiya o‘yinlari chempionlariga 200 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli berildi.

London Olimpiadasida g‘oliblarga esa 100 AQSh dollari mukofot puli berilgan edi. Bu summaga homiylar tomonidan beriladigan mukofot pullari kiritilmagan.

“Malibu” avtomobillari haqida gapirmoqchi emasman.
BIROQ… oradan ma’lum fursat o‘tib, ayrim chempionlarimizning qo‘lga kiritgan yutuqlari … iste’mol qilgani uchun bekor qilindi. Ya’ni ular chempionlik rutbasidan mahrum etildi.

Endi haqli savol tug‘iladi: chempionligi bekor qilingan “taqdirlangan”lar davlat byudjetidan ajratilgan mukofot pulini davlat g‘aznasiga qaytaradi…mi yoki?

Bu borada Sizning fikringiz qanday?

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.