ERGASh KARIMOV. O‘zbek komediyasining qiroli. O‘zbek kino aktyori va qiziqchisi

Nima uchun mashhur?

O‘zbekiston xalq artisti. “El-yurt hurmati” ordeni sohibi. Uni mashhur qilgan film “Uchrashuv” nomli teleminiatyuralar to‘plamidir. Bundan tashqari aktyor “Tohir va Zuhra”, “Shum bola”, “Vodillik kelin” kabi filmlarda suratga tushgan. Bugun aktyor tavallud topgan kun.

Qanday mashhur bo‘lgan?

Ergash Karimov 1935 yil 26 oktyabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1958 yil Toshkentdagi san’at institutini tugatgan. Ish faoliyatini 1958 yilda Surxondaryo teatrida aktyor sifatida boshlagan. Ushbu teatr sahnasida “Shohi so‘zana” spektaklida Qo‘ziyev, “Uch bahodir”da vazir rollarini ijro etgan.

O‘zbekiston teleradiokompaniyasiga ishga o‘tgach, Said Ahmad hikoyalari asosida tayyorlangan postanovkalarda qator obrazlarni yaratgan. So‘ngra ham aktyor, ham rejissyor sifatida “Istiqbol egalari”, “G‘azalxon yoshligim” teleko‘rsatuvlarini, “Teleminiatyuralar teatri”ni tashkil etishda bosh-qosh bo‘ldi. “Teleminiatyuralar teatri” xalq o‘rtasida juda katta shuhrat qozongan. Xususan, “Lampa shisha”, “Paxtakor yutganda va yutqizganda”, “Toshkent piyolasi”, “Jorj-morj” singari miniatyuralar xalq o‘rtasida mashhur bo‘lgan. Bular Said Ahmad ta’biri bilan aytganda, “to‘pponchaninig o‘qi”dek ixcham, uchqur, nishonga aniq borib tegadigan quvnoq intermediyalar bo‘lgan.

Ergash Karimov birinchilardan bo‘lib rejissyorlik qilgan “Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi” ko‘rsatuvining efirga uzatilayotganiga yarim asrdan oshgan bo‘lsa-da, hamon teleerkanlarda.

Elimiz suygan aktyor taniqli aktrisa Roza Karimova bilan hayot kechirib, birga rollar ijro etishgan. Ergash Karimov 2009 yil 4 avgust kuni vafot etgan.

Mashhur nima deydi?

Buni aktyor ijro etgan rollardan uqing.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: