Josuslik haqida 5 fakt

1. 60-yillarda Markaziy razvedka boshqarmasi mushuklarni tinglash moslamalariga aylantirish orqali Kreml va Rossiya elchixonalariga josuslik qilishga uringan. Mushuklar ichiga jarrohlik yo‘li bilan batareyalar, mikrofonlar va antennalar joylashtirilgan.

2. Sovuq urush paytida josuslarning ko‘zoynaklarini zaharlab qo‘yishgan. Chunki inson biror muammoga duch kelsa, beixtiyor ko‘zoynakning quloqqa taqiladigan qismini chaynar ekan. Qo‘lga tushish xavfi yuzaga kelganda josuslar bu ishni o‘zlari bilmagan holda qilishgan va shu zahoti jon berishgan. Bu orqali ko‘plab maxfiy sirlar saqlab qolingan. (Siz ham asabiylashganingizda ko‘zoynagingiz qo‘llarini chaynab turasizmi?

3. Ayg‘oqchilik vazifasini bajaruvchi sun’iy yo‘ldoshlardagi kameralar shunday mukammalki, ular fazoviy fotosuratlarni 80 kilometr masofadan turib, aniq suratga olishlari mumkin. (Keyingi safar sun’iy yo‘ldoshdagi kameralar orqali kimdir sizni kuzatayotgan bo‘lishi mumkinligini unutmang.)

4. Eddi Chapman Ikkinchi Jahon urushida nemislar uchun «josuslik qilgan» ingliz edi. U fabrikani portlatish vazifasi bilan Angliyaga boradi va bu haqida inglizlarga aytadi. Inglizlar fabrikada soxta portlashni uyushtirishadi va hech qanday talofat ko‘rishmaydi. Chapman Germaniyani shunchalik ishontiradiki, qilgan «jasorati» uchun nemislar medal bilan taqdirlaydilar.

5. Iosif Stalin Yugoslaviyaning davlat rahbari Broz Titoni yoqtirmasdi. Tito uni o‘ldirishga uringan josuslarning doimiy oqimidan shu qadar charchagandiki, oxiri Stalinga shunday xabar yubordi: «Agar siz qotillarni yuborishni to‘xtatmasangiz, men uni Moskvaga yuboraman va ikkinchi bor yuborishimga hojat qolmaydi.» U bu xatni maxsus ishlab chiqilgan zaharli zargarlik qutisida yuborgan edi.

Dilshodabonu O‘rolova

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: