Saytda texnik ishlar olib borilmoqda!

Parlament so’roviga Markaziy bank raisi javob berdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi 2020 yil 5 avgust kuni bo’lib o’tishi rejalashtirilyapti. Majlisda deputatlar o’ndan ortiq qonun loyihalari, shuningdek, davlat organlariga yuborilgan parlament so’rovlariga kelgan javoblarni ko’rib chiqadilar.

Avval xabar berganimizdek, xalq vakillari tomonidan joylarda o’tkazilayotgan uchrashuv va muloqotlarda bugungi kunda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirishda tijorat banklarida resurslar yetishmasligi bilan bog’liq tizimli masalalar mavjudligi aniqlan edi.

Shundan kelib chiqib, parlament quyi palatasining 2020 yil 22 iyul kuni bo’lib o’tgan yalpi majlisida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M. Nurmuratovga «Mamlakatimizda mikromoliyalashtirish turlari va ko’lamini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida»gi parlament so’rovi yuborilgan edi.

Quyi palataga mazkur parlament so’roviga Markaziy bank raisi M. Nurmuratovning javobi kelib tushdi va u Qonunda belgilangan tartibda palata majlisi muhokamasiga kiritildi. Berilgan javobdan deputatlar qoniqish hosil qiladimi yoki yo’q – bu Qonunchilik palatasining 5 avgust kuni bo’lib o’tadigan navbatdagi majlisida ma’lum bo’ladi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: