Sangzor daryosi nega teskari oqadi?

Jizzax shahridan oqib o’tuvchi Sangzor daryosi g’aroyib xususiyati — teskari yo’nalishda oqishi bilan ko’pchilikni hayratga soladi.

— Jizzax shahridan oqib o’tuvchi Sangzor daryosi g’aroyib xususiyati — teskari yo’nalishda oqishi bilan ko’pchilikni hayratga soladi. Suvning bunday oqishiga sabab nima?

Zarafshon daryosi bundan 2300-2400 yil ilgarigi tarixiy manbalarda «Politemit», ya’ni o’zidan zar oqizuvchi deb atalgan. Daryoning shakllanishi bundan million yillar avvalgi eng qadimgi galaksen davri bilan o’lchanadi. O’sha davrda Sangzor daryosi Zarafshonning o’ng qo’l irmog’i 
sifatida Chumqartovdan, ya’ni Baxmal tog’laridan boshlanib, shimoli-g’arbga hozirgi Samarqand va Jizzax viloyatlari chegarasidagi «Yuqori nuqta»dan qariyb 10 kilometrlar janubdan Zarafshonga borib quyilgan.
Yerning zilzilalar natijasida o’sishi Apokalipsis — hodisasi deyiladi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, bundan million yillar avvalgi ana shunday hodisa natijasida yer sathining rel`efi o’zgarib ketgan. Bu hodisa Zarafshonning o’ng irmog’i bo’lgan Sangzorning o’zaniga ham ta’sir ko’rsatgan. Yerning tuzilishi o’zgarib, qiyalik chapga og’ganidan keyin Sangzor orqaga qarab oqa boshlaydi. Natijada Baxmal qishlog’idan shimolga qarab Nurota tog’igacha, g’arbdan Bulung’ur atrofigacha katta ko’l paydo bo’ladi.

Vaqt o’tib, suv ko’paygani sayin uning bosimi ham kuchayib boradi. Natijada Nurota va Morguzar tizmalari tutashgan eng kuchsiz, ensiz joyidan suv sizib o’tib dastlab sharq tomonga qarab oqa boshlaydi. Yig’ilgan suv bosimi ostida tog’ tizmasining yemirilishidan Temir darvozaning o’rni paydo bo’ladi. Sekin-asta ikki tog’ o’rtasida dara shakllanib, undan oqayotgan suv to’g’ri Sirdaryoga borib quyilgan. Yillar o’tib daryo o’zanini o’zgartirgan va shimol tomonga, teskari oqa boshlagan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: