Yurak xuruji: yosharyotgan kasalik

Xafaqon bugungi kunda juda ko‘p uchraydigan kasalliklardan biridir. Xafaqonlik asosan yurak qon-tomir tizimida kechadigan xastalik bo‘lib, arterial bosim keskin ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Ushbu kasallikni vaqtida davolash va oldini olish muhim ahamiyatga ega. Umuman, butun yer yuzida bo‘lgani kabi yurtimizda ham yurak, qon-tomir kasalliklari kundan-kunga ko‘payib, hatto yosharib bormoqda.

Ko‘pchiligimiz yurak xuruji qanday kechishidan boxabarmiz. Hech bo‘lmaganda shu haqda eshitganmiz. Yurak faoliyatidagi o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi belgilarni esa har kim ham bilavermasa kerak. Mabodo o’zingizda quyidagi 6 ogohlantiruvchi belgidan birini sezsangiz, darhol shifokorga murojaat eting.

Asosiy omillar

Odatda yurak faoliyati bilan bog‘liq kasalliklar 40 yoshdan oshgan erkak va ayollarda kuzatilish ehtimoli yuqori. Shu bilan birga har bir organizmning o‘ziga xos tuzilishi va boshqa bir qator omillar kasallik yuzaga kelish vaqtini oldinga surishi mumkin. Bular:

• o‘ta semizlik (tana vaznining me’yoridan ortiqchaligi);
• kamharakatlilik;
• ko‘p tuz iste’mol qilish;
• nosog‘lom turmush tarzi (zararli odatlarga ro‘ju qo‘yish).

Mana shu omillar mavjud bo‘lsa yoki naslda, aytaylik, ota-onalarda kasali kuzatilgan bo‘lsa, yurak kasalligi kuzatilgan bo‘lsa nasliy moyimllik erta uyg‘onishi mumkin.

Unutmang!

Yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelishi uchun jismoniy va emotsional zo‘riqish ta’siri bo‘lishi kerak. Aynan mana shu ta’sir sabab yurak kasalliklari xuruj qiladi.

Og‘riqning belgisi

Odatda yurak kasalliklari bilan bog‘liqligi taxmin qilinuvchi og‘riq sanchiqli, achishuvchan, ezib Og‘ruvchi, simillagan ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan tashqari, og‘riq nafaqat yurak sohasi, balki tananing boshqa a‘zolarida ham sezilishi mumkin.

Bo‘yin sohasidagi og‘riq

Boyin sohasidagi cho’ziluvchan turga mansub, simillab kechadigan og’riq asta-sekin chap yelka va qo‘llarga yoyiladi. Ba’zida bunday og‘riq tez-tez takrorlanishi yurak bezovtalanayotganini bildiradi.

Nega shunday? Yurak to‘qimasining zararlangan asab tolalari orqa miyadan yuqoriga va pastga tarqaluvchi signallarni yuboradi. O‘z navbatida signallar yelka va bo’yin sohasida aks etadi. Bunday og’riq bir yerda to‘planmay, tarqalib harakatlanishi mumkin.

Holsizlik, nafas qisishi…

Yaqin kunlarda holsizlik, quvvat kamayishi va ba‘zan, bosh aylanishi bezovta qilyaptimi? Ehtimol, zinadan ko‘tarilayotganda nafas qisishi ham kuzatilayotgandir? Bu belgilar shifokorga ko’rinish uchuni yetarli asosdir.

Nega shunday? Qon aylanishi buzilishi organizmning kislorod bilan ta’minlanishiga to‘sqinlik qiladi. Agar o‘z-o‘zidan nafas olish qiyinlashib qolsa, bu stenokardiyaning ilk belgisi bo‘lishi ham mumkin.

Og‘ir yuk ko‘tarish, ruhiy zo’riqish holatida yuz beradigan yurak xuruji nafas qisishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ko‘ngil aynishi

Ko‘pchilikda yurak og‘rig‘i chap ko‘krak sohasida yuz beradi, degan tasavvur ustun, ammo ayrim hollarda ko‘ngil aynishi, lohaslik va jig‘ildon qaynashi, tana bosimi ko‘tarilishi ham kasallikning erta belgilari sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Odatda bunday belgilar yurak xuruji, infarkt yoki miokarddan oldin kuzatiladi.

Nega shunday? yurakdagi o‘zgarishlar haqidagi signal tana bo‘ylab tarqalganda ko‘krak qafasi va yelkalarda og‘riq turishi mumkin. Ko‘ngil aynishi va loxaslik esa bezovtalik asosli ekanini tasdiqlaydi.

Tish va jag‘ ogriqlari

Kutilmaganda tish og’rig’i paydo bo’lishi nafaqat og’iz bo’shlig’i kasalliklari, balki yurak-qon tomir faoliyati bilan bog’liq bezovtalik belgisi bo’lishi ham mumkin. Ahamiyat bergan bo’lsangiz, tish og’rig’ini qancha davolatmang, og’riq qaytalayveradi. Bunday paytda shifokorga ko’rinish va og’riq yurak bilan bog’liqligi ehtimolini tekshirish lozim.

Nega shunday? Yurakdagi o’zgarishlar tana bo’ylab ogohlantiruv signali sifatida tarqalganda yelka, bo’yin sohasi bilan birga tish va jag’ suyaklarida ham aks etishi mumkin. Ayniqsa, tishning jag’ suyagi bilan birga zirillab og’rishiga e’tiborsish bo’lish yaramaydi.S

Bosh og’rig’i

Bir oyda tez-tez takrorlanuvchi bosh og‘rig‘ining asab qo‘zg‘alishi bilan yuzaga kelishi hamda qon bosimi o‘zgarishi holati yurak-qon tomir faoliyati bilan bog‘liq bo’lishi mumkin. Ya’ni, bosh og‘rig‘i tez-tez takrorlanib, ko‘z oldida yorug‘lik siniqlari aks etsa, albatta shifokorga uchrash zarur.

Nega shunday? Organizmda qon aylanishi (sirkulyatsiya) holati buzilishi, bevosita yurak faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu o‘z navbatida bosh og‘rig‘i, bosim buzilishini keltirib chiqaradi.

Diqqatni jamlay olmaslik

Aritmiya (yurak pul`si tezlashishi yoki sekinlashishi) sabab, ba’zan diqqatni jamlash qiyinlashib, kishida parishonxotirlik kuzatiladi. Bunday holat doimiy turmush tarzida bilinmaydi, kutilmaganda yuz beradi va bir muddat diqqatni jamlash imkoni yo‘qoladi.

Nega shunday? Qon bosimi pasayib ketganda miyaga faoliyat uchun yetarli darajada qon bormaydi. Natijada ongda axborot tahlili bir muddat to’xtab, borliqni idrok etish sekinlashadi.

Shifokor tavsiyasi

Kasallikning oldini olish uchun turmush tarzini yaxshi tarafga o’zgartirish lozim. Shuningdek, hazmi og‘ir yog‘ va tuz iste’moli miqdorini kamaytirib, parhez taomlarga o‘tish hamda o‘troq turmush tarzidan cheklanish foydadan xoli bo’lmaydi. Qolaversa, bir kunda 3-5 km piyoda yurish ham yurak-qon tomirlari faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi.

Bu muhim!

35-40 yoshlilar har yili tibbiy ko’rikdan o‘tishlari shart. Ayniqsa, qondagi lipidlarKo‘rsatkichi, qand miqdorini tekshirtirish, zarur hollarda kerakli muolajalar olish tavsiyaetiladi.

Dildora Aripova,
shifokor-pedagog

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: