735      0     Dolzarb, Siyosat

Qonunchilik palatasi Spikeriga yo’llangan ochiq xatga javob berildi

Parlament quyi palatasida O’zbekistonning YEOII bilan hamkorligi to’g’risidagi masala ko’rib chiqilgach, Fikrat.uz mazkur “tarixiy qaror”ning qabul qilinishida deputatlar qanday pozitsiyada bo’lganligini (ovoz berganligini) ochiqlashni so’rab, Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilovga ochiq xat yo’llagan edi (https://t.me/fikrat/2035).

Eslatib o’tamiz, 132 nafar deputat ishtirok etgan majlisda 86 nafar tarafdor, 32 nafar qarshi, 14 nafar betaraf va bir nafar ovoz bermagan.

Bugun murojaatimiz yuzasidan Qonunchilik palatasining rasmiy munosabati bildirildi:

“Yig’ilishlar davomida har bir deputat bayonot berishi, savol bilan murojaat etishi, ovoz berishda qatnashish huquqiga ega. Shuni ta’kidlash kerakki, “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to’g’risida”gi qonunning 11-moddasida belgilanganidek, siyosiy partiyalar fraktsiyalarining birini tashabbusiga asosan ochiq ovoz berish nomma-nom o’tkazilishi mumkin. Bu holda ovoz berish natijalari har bir deputatning
ismi-sharifi hamda qanday ovoz bergani ko’rsatilgan holda Qonunchilik palatasi majlisining bayonnomasida qayd etiladi va yig’ilish stenogrammasiga ilova qilinadi. Boshqa hollarda ochiq ovoz berishda deputatlar tomonidan berilgan ovozlar umumiy hisoblanadi, ya’ni nechta yoqlab, nechta qarshi, nechta betaraf yoki nechta ovoz berishda qatnashganining umumiy hisobi yuritiladi. Bunda ovoz berganlar ro’yxati shakllantirilmaydi.

O’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligi to’g’risidagi masala muhokama qilinganda hech qaysi fraktsiya ochiq ovoz berishni nomma-nom o’tkazish bo’yicha taklif bilan chiqmadi. Shu bois, kim qanday ovoz bergani, ya’ni ro’yxat shakllantirilmagan. Ma’lumki, ovoz berish jarayoni reglamentga qat’iy amal qilingan holda amalga oshiriladi”.

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.