2406      2     Siyosat

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev MDH hududida yagona viza tartibini joriy etishni taklif qildi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev MDH hududida yagona viza tartibini joriy etishni taklif qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabarbermoqda.

MDH davlat rahbarlari kengashining Ashxabodda bo‘lib o‘tgan majlisida To‘qayev tuzilmaga kiruvchi mamlakatlarning turizm sohasidagi o‘zaro aloqalarni kuchaytirish salohiyatiga e’tibor qaratdi. Hamdo‘stlikdagi har bir davlat dunyoning jozibali sayyohlik yo‘nalishlari ro‘yxatidan o‘rin olishga arzigulik betakror tarixiy, rekreatsion va tabiat-landshaft ob’yektlariga ega ekanligini ta’kidladi.

Afsuski, milliy vizaviy va migratsion tartiblarda sezilarli farqlar bor. Ular MDHning bir necha davlatiga borish istagidagi xorijiy sayyohlarga noqulaylik tug‘diradi.

Bu qiyin masala ekanliginibilaman, biroqbalki MDH hududida Shengen kelishuviga o‘xshash hamdo‘stlik vizasini joriy etishni ko‘rib chiqish kerakdir.

Qosim-Jo‘martTo‘qayev, Qozog‘iston Prezidenti

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

2 ta fikr bildirilgan

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.