939      0     Xalqaro

Rajab Toyyib Erdo’g’an: “BOYLAR ZAKOT BERSA, MUSULMON YURTLARDA KAMBAG’AL QOLMAYDI!”

Agar musulmonlar zakot berganida edi, Islom xamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda  qashshoqlik muammosi qolmasdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an Islom xamkorlik tashkilotining Istanbuldagi konferentsiyasida ana shunday fikr bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, dunyodagi musulmon mamlakatlar katta tabiiy boyliklar va strategik joylashuvga ega.“Ammo musulmon davlatlarning dunyo iqtisodiyotidagi umumiy ulushi 10 foizga xam yetmaydi. Bundan xam achinarlisi, Islom xamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi axolining 21 foizi – 350 million kishi qashshoqlikda kun kechirmoqda. Milliy daromad va rivojlanganlik borasida xam mamlakatlarimiz orasida katta farq borligini ko’ryapmiz.

Eng boy musulmon davlat va eng kambag’al musulmon mamlakat o’rtasidagi farq 200 baravardan ortiqni tashkil etadi. Demak, musulmonlar o’zaro zakot muassasasini ishga tushirishmayapti. Musulmonlar o’zlarining orasida zakot beradigan bo’lsa, musulmon o’lkalarda qashshoq qolmaydi”, – dedi Erdo’g’an.

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.