1003      0     San'at

Rayhon G‘ANIYEVA, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist: ULARDAN YAGONA ILTIMOSIM – BIZSIZ BAXTLI BO‘LISHSIN

«Aslida biz u (sobiq turmush o‘rtog‘i, aktyor Yigitali Mamadjanov) bilan umuman bir-biriga o‘xshamaydigan, turli hayotiy qarashlar va prinsiplarga ega insonlarmiz. Bizning turmush qurishimizga barcha qarindoshlarimiz qarshi edi. Ular inson ko‘ngliga yaqin, so‘zlashish uchun umumiy mavzulari bor insonni turmush o‘rtoq sifatida tanlash kerakligini aytgandi. Shuningdek, ikki inson turmush qurishi uchun ular oilada bir xil tarbiya topgan bo‘lishi ham kerak. Bir-biriga har jihatdan mos bo‘lishi kerak. Biz esa butunlay boshqa-boshqa odamlar edik. Shuning uchun ham biz murosa qila olmadik. Lekin hozir fikrimcha, Muqaddas unga juda ham mos. Ularni juda yaxshi juftlik deb bilaman. Men ularga chin dilimdan baxt tilayman. Eshitishimcha, ular ikki farzandli bo‘libdi. Baxtli bo‘lishsin. Ulardan yagona iltimosim – bizsiz baxtli bo‘lishsin. Bizni tinch qo‘yishsin. Men har doim farzandlarim uchun qayg‘uraman. Chunki ertaga ular katta bo‘ladi. Ularning qulog‘iga turli gap-so‘zlar, g‘iybatlar yetib kelishini xohlamayman.»

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.