340      0     Siyosat

Sudyalar jur’atsizlik qilyapti

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev Bo‘stonliq tumanidagi «snos»lar bo‘yicha bo‘lib o‘tgan press-tur haqida o‘z mulohazalarini bildiribdi: “Bu juda yaxshi. Biroq buni ko‘rib bir qator tushunarsiz va havotirli savollar paydo bo‘layapti…

Masalan, press turda Oliy sud raisi o‘rinbosarining «snos» masalasida tushuntirish berishi va shu yerning o‘zidayoq «snos» qilayotganlarning yonini olib, odamlarni noqonuniy qurilma qurganligini aytib, aybdor qilishga intilishi mustaqil sud uchun g‘alati emasmi? Bu sud hokimiyatining ijro hokimiyatiga advokatlik qilayotganiga, joyiga borib uning topshiriqlarini so‘zsiz bajarayotganiga o‘xshamayaptimi?

Agar shunday bo‘lsa bu daxshat!

Adolatli, xalqparvar sud… Har qanday vaziyatda ham suyanishimiz mumkin bo‘lgan «xolis» sud…

Yaqinda ayrim sudyalar hokim va prokurorlarni do‘qiga javoban odamlarni uy joylarini buzishga qaror chiqarib yuborayapti, deganimda aynan Oliy suddagi o‘sha mas’ullarimiz menga xato qilganimni aytib, qanday gapirish kerakligini o‘rgatmoqchi bo‘luvdi. Lekin men osmondan olmadim: ayrim sudyalar jur’atsizlik qilyapti, gax, desa qaror chiqarib, bir joylarga yugurib ham borayapti.

Tasavvur qiling: ertalab uyg‘onsangiz, uyingizga hokimiyat vakili uyingni buzaman, deb kirib kelsa.
Meni mulk huquqim bor, prokurorga shikoyat qilaman, deb turganingda hokimni ortidan «qonuniylikni ta’minlaydigan» prokuror yo‘talib bo‘y ko‘rsatadi. Nailoj «senlar bilan hali sudda gaplashaman» deb adolatdan najot kutasan. Hokim, prokuror pinaginiyam buzmaydida darvozaga qaraydi. Shunda sud ham darvozadan kirib kelsa. «Uyushgan mafiya» ga o‘xshaydi bari: ana seni huquqlaring, ana senga adolat, ana senga…

Bo‘stonliqdan najot istab kelgan fuqarolar menga buni aytib berishganida «shok»ka tushib qoldim.
Ularda huddi shunday bo‘libdi. Hammasi bir bo‘lib, uyiga kelib joyida sud qilishibdi, mulk huquqi bor qarorlarini nima qilib bo‘lsa ham yo‘qqa chiqarishibdi.

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev sudning mustaqilligini ta’minlash masalasida jon kuydirib, mulkdorlar huquqlarini muxofaza qilish, mulk huquqini bekor qilish faqat sud tomonidan amalga oshirilishini bildirdi. Chunki mulk huquqi kafolatlanmasa investitsiya kelmaydi, davlat rahbari buni yaxshi anglab turibdi. Biroq bu yoqda mana bunaqa teskari ishlar…»

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.