195      0     Dolzarb, Xalqaro

TIV: Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar asossiz

Ijtimoiy tarmoqlarda O’zbekiston Prezidenti 31 mart kuni yig’ilish o’tkazgani va barcha fuqarolarni 10 aprelga qadar vatanga qaytarish to’g’risida farmon imzolagani, vatanga qaytishni istamaganlar O’zbekiston fuqaroligidan mahrum qilinishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Tashqi ishlar vazirligiga, chet eldagi, ayniqsa qo’shni mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalarimizga ham shu mavzuda ko’plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Davlatimiz rahbari, Hukumat, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan fuqarolarimizning kundalik hayoti bilan bog’liq barcha muhim siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha qabul qilingan qarorlar jamoatchilikka rasmiy axborot resurslari orqali yetkaziladi. Ushbu
xabar esa hech bir rasmiy manbalarda e’lon qilinmagani sababli haqiqatga to’g’ri kelmasligini ma’lum qilamiz.

Fuqarolarimizdan asossiz xabarlarni tarqatmasliklarini, ijtimoiy tarmoqlardagi biror ma’lumotni bo’lishishdan oldin uni rasmiy manbalar orqali tekshirib ko’rishlarini so’raymiz.

Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.