239      0     Dolzarb, Xalqaro

Uchinchi murojaat va yangi choralar: Putin pandemiya munosabati bilan navbatdagi choralarni e’lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin pandemiya munosabati bilan televidenie orqali rossiyaliklarga uchinchi marta murojaat qildi. Rossiya rahbari bu murojaatida koronavirus oqibatlaridan jabr ko’rganlarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha yangi choralarni e’lon qildi.

“Qadrdon do’stlar! Charchoq to’plangani, to’rt devor orasida muntazam qolish ko’pchilik uchun og’irligini tushunaman, biroq boshqa chora yo’q. O’zini yakkalash rejimiga, albatta, chidash lozim.

Hammasi o’tkinchi va bu ham o’tib ketadi. Davlatimiz jiddiy sinovlardan ko’p marta o’tgan – Rossiya barchasini uddalagan. Bu koronavirus balosini ham yutamiz. Birgalikda barchasidan o’ta olamiz.

Keyingi 2-3 hafta hal qiluvchi bo’ladi. Bu vaqtda bizdan barcha resurslarni mujassamlashtirish, shifokorlar tavsiyalariga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Yo’qotishlarsiz iloji yo’q, biroq biz uni minimumga keltira olamiz”, deb ishonch bildirgan Rossiya rahbari.

Shuningdek, Putin koronavirus pandemiyasi iqtisodiyot va odamlar hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatayotgani munosabati bilan bir nechta ijtimoiy choralar ko’rilishini e’lon qildi.

Shifokorlar va tibbiyot xodimlariga me’yoridan ortiq yuklama uchun qo’shimcha to’lovlarga 10 mlrd rubl` ajratiladi.

Koronavirusga chalinganlar bilan ishlovchi mutaxassislarga apreldan boshlab 3 oy davomida qo’shimcha haq to’lanadi. Shifokorlar uchun bu to’lovlar oyiga 80 ming rublni, o’rta bo’g’in tibbiyot xodimlari uchun 50 ming rublni, kichik bo’g’in tibbiy xodimlari uchun 25 ming rublni tashkil
qiladi. Tez yordam shifokorlari oyiga 50 ming rubldan, feldsherlar va haydovchilar 25 ming rubldan qo’shimcha haq oladi.

3 yoshdan 7 yoshgacha farzandlari bo’lgan oilalarga to’lovlar iyuldan emas, iyundan beriladi. Bu to’lovlar nafaqat ehtiyojmand oilalarga beriladi, balki, koronavirus oqibatida ishini yo’qotgan oilalar ham olishi mumkin.

Ishini yo’qotgan kishilar oilalaridagi har bir balog’atga yetmagan bolaga oyiga 3 ming rubldan to’lanadi.

Ishini yo’qotganlar va 1 maygacha bandlik markazlariga murojaat qilganlarga eng kam ish haqi miqdori (12130 rubl`) barobarida nafaqa to’lanadi.

Korxonalarning to’lovlarni kechiktirish natijasida vujudga keladigan qarzdorligi korxona uni sekin-asta uza olishi uchun bir yildan kam bo’lmagan muddatga restrukturizatsiya qilinishi ta’kidlandi.

Hukumat va Markaziy bank 5 kun ichida biznesni qo’shimcha qo’llab-quvvatlash bo’yicha dasturni tayyorlashi kerak bo’ladi. Bu yordam birinchi navbatda bandlikni saqlab qoluvchi korxonalarga taqdim qilinishi kerak.

Hukumat pasport, haydovchilik guvohnomalari va shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar muddatini kamida 3 oyga avtomatik uzaytirish mexanizmini ishlab chiqishi belgilangan.

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.