720      1     San'at

“Zo’r” ko’rsatuvlar joningizga tegmadimi?

Bugun televidenie reytingida xususiy kanallar yetakchilik qilayotgani sir emas. Ammo ulardagi ayrim ko’rsatuvlar mohiyati ma’naviyatimiz, milliy mentalitetimizga yot ekani ko’pchilikni tashvishlantirmay qo’ydi. Savol tug’iladi: oldi-qochdi ko’rsatuvlar bilan tomoshabin e’tiborini
jalb qilishdan kanal ma’muriyatiga nima naf?

Zo’r TV kanalida efirga uzatiladgan “Hello Africa” va “Aldama meni” kabi ko’rsatuvlar ko’pchilikning joniga tekkani rost. Shu bois “Facebook” ijtimoiy tarmog’ida tomoshabinlar Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovdan madaniyatsizlik va bema’nilikni targ’ib qiluvchi bu
kabi shoular ustidan nazorat o’rnatishni so’rashgan.

Boshlovchilar saviyasi, muloqotda foydalangan so’zlari va hatti-harakati kishi ta’bini xira qilsa, ko’rsatuv davomida tirik jonivorlardan foydalanish, ularni ko’ngilochar shartlarning bir predmeti sifatida ko’rish dilxiralikni ikki hissa oshiradi. Biz farzandlarimizga chumoliga ham ozor bermaslikni o’rgatsak-u, ular soatlab axmoqona dasturlar bilan zaharlansa, dodimizni
kimga aytamiz? To’g’ri, “Yoqmasa, bolangni bunday ko’rsatuvlarni ko’rishdan chegaralab qo’y”, deguvchilar ham topiladi. Biz-ku farzandimizga bunday chegarani qo’yarmiz, ammo bunday axmoqona ko’rsatuvlarni ommaga “ilinayotgan”larni kim chegaralaydi?

Rivojlangan mamlakatlarda bolalarga sifatli mazmundagi OAVni tanlash uchun boshlang’ich sinflardayoq mediasavodxonlik darslari o’tiladi. Bu amaliyotni biz ham o’rganmasak, kelajagimizni qutqarishga kech qolamiz, shekilli. Siz nima deysiz, fikrdosh?

Farzona Hamroeva

Facebook
Facebook
Twitter
YouTube
Instagram
Telegram
Vk

1 ta fikr bildirilgan

  1. Zo’r tvdagi ko’pchilik boshlovchilar, dasturlar ishtirokchilari o’zbek adabiy tilini bilmaydi, ommaviy madaniyatga qarshi turish o’rniga o’zlari anglay ololmagan holda uni targ’ib etayotganini fahmlamaydi. Telekanal reklama to’g’risidagi qonundan bexabar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.