246 432 000 so‘m jarima oila byudjetiga sarflanganda…

421 nafar shaxsga nisbatan 246 432 000 so‘m jarima hamda 486 nafar shaxsga ma’muriy qamoq – bu hammamiz uyda qolgan, karantin davom etayotgan so‘nggi 20 kunda mamlakat ma’muriy sudlari tomonidan qo‘llanilgan jazo. Ozmi yoki ko‘pmi, izoh o‘zingizdan.

Bugun Oliy sud tarqatgan xabarga ko‘ra, shu yil 1-20 aprel kunlari ma’muriy sudlar tomonidan 918 nafar shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning epidemiyalarga qarshi kurashish qoidalarini buzish (54-modda), mayda bezorilik (54-modda), ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik va ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish (194-195-modda) bilan bog‘liq 641 ta ma’muriy huquqbuzarlik haqidagi ish ko‘rilib, 421 nafar shaxsga nisbatan jami 246 432 000 so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan hamda 486 nafar shaxsga ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Qonun hamma uchun barobar, qonunbuzar uchun esa jazo muqarrar. Ammo hozir gap bu hada emas.

Tasavvur qiling, 486 nafar shaxs karantin talablariga amal qilib, oilasi bag‘rida bo‘lganida bugun ma’muriy qamoqda o‘tirarmidi? Yo‘q!

Yoki 421 nafar shaxs yuqoridagi qonunbuzarlikni sodir etmaganda, takror aytaman, karantin talablariga amal qilib,tinchgina uyida qolganida 246 432 000 so‘m jarimaga tortilarmidi? Yo‘q! Aksincha, shuncha mablag‘ni oilasi byudjetiga sarflanganida, bolalarining risqini yarimta qilmagan bo‘lardi. Deylik, uning daromadi ko‘pdir, bu mablag‘ oila byudjeti uchun juda ahamiyatli ham emasdir. Bordi-yu, shunday bo‘lgan taqdirda ham u shu mablag‘ni ehtiyojmand oilalarga xayriya sifatida berganida bugungi karantin, sinovli kunlarda qancha savob olgan bo‘lardi. Shunday emasmi?

Siz nima deysiz, aziz fikrdosh?

Olimjon O‘sarov,
Huquqshunos-jurnalist

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: