29 Fevral haqida 5 fakt

1. Rim imperatori Yuliy Sezar bir quyosh yili 365 sutkadan emas, balki 365 sutka va 6 soatdan iborat ekanligini bilgach, har to‘rt yilda bir ortiqcha kun bo‘lishiga buyruq bergan.

2. Ertaga slavyanlarda O‘lmas Kashey kuni.

3. 29 fevralda tug‘ilishingiz ehtimoli Julian taqvimi bo‘yicha 1461 tadan 1 taga, ya’ni 0.068 foiz, Grigorian taqvimi bo‘yicha esa 0.066 foizga teng.

4. Yevropa mamlakatlarida XIII asrdan beri 29 fevral kuni ayollar erkaklarga turmush qurishni taklif qilish huquqiga ega. Eng qiziq tomoni shundaki, Shotlandiyada bunga erkaklarning rad etishi mumkin emas.

5. Har 4 yilda keluvchi 29 fevral 1700, 1800, 1900 yillarda bo‘lmagani sababli 1697-1703, 1797-1803, 1897-1903 (6 yil) yillar oralig‘ida fevral faqatgina 28 kundan iborat bo‘lgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: