5 Iyun butun jahon atrof-muhit kuni

1. Tinch okeanida Sharqiy axlat «qit‘asi» suzib yuradi. Ushbu yangi «qita‘ning maydoni 1,5 mln kv. km (O‘zbekiston maydonidan 3 barobar katta) bo‘lib, uni 100 mln tonnadan ortiq chiqindilar o‘rab olgan.

2. Google atrof-muhitga kamroq zarar yetkazish maqsadida kompaniya hovlisida o‘sib ketgan maysalarni qirtishlash uchun 200 ta echki va cho‘pon xizmatidan foydalanadi. Kompaniya echkilarni ijaraga oladi.

3. Shvetsiya chiqindilarni sotib oladigan davlat hisoblanib, chiqindilarni qayta ishlab chiqarib, ko‘p pul topish bo‘yicha 1-o‘rinda turadi.

4. Atrof-muhitga eng ko‘p zararni odam yetkazayotganligi tufayli «Insoniyatning ixtiyoriy g‘oyib bo‘lishi» harakati tashabbuskorlari insonlarga ko‘paymaslikni, sekin-asta Yer yuzidan g‘oyib

bo‘lishni va Yer sayyorasini tinch qo‘yishni tavsiya qilishadi.

5. The Telegraph gazetasi sarguzasht istovchi sayyohlarga borish tavsiya etiladigan 50 ta turistik yo‘nalish ro‘yxatini tuzib chiqqan. 1-o‘rinni O‘zbekiston egallagan bo‘lib, Navro‘z bayrami yurtimizda ajoyib tarzda o‘tkazilishi ta‘kidlangan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: