Adiz Rajabov: «O‘zimni alday olmayman»

Bir tomonda rolingiz muvaffaqiyatini, ikkinchi tarafda tirikchilik tashvishlarini o‘ylashingiz kerak. Aktyor ham boshqa odamlardek oilasiga, yaqinlariga mas’ul, axir. Xayolingni hech nimaga bo‘lmasdan, butkul ijodga berilishni harchand istama, “ola xurjun”dan voz kechish imkonsiz baribir. Obrazga kirish aktyordan butun o‘y-fikrini jamlashni, vaqtini tamomila bag‘ishlashni talab etadi.

Ana shunday paytda beling (cho‘ntaging) baquvvat bo‘lmasa, ijodga yetarlicha fursat ajrata olmaysan yoki rol tanlashda boriga baraka qilishga majbursan. Qisqasi, nimalargadir erishish uchun ba’zan qurbonliklar berishga ham to‘g‘ri keladi.

Melodrama yomon janr emas! Faqat bizda ayrimlar shu darajaga tushirdiki, bu so‘zni eshitishimiz bilan xayolimizga nordon ta’m keladi, beixtiyor yuzimiz burishadi! O‘zim ham bunaqa filmlarda o‘ynaganman. Tan olishim kerak, muvaffaqiyatsiz rollarim ancha-muncha. Ammo aktyor shu yo‘lni bosib o‘tishi kerak, nazarimda.

Muhimi — xatolarni tan olib, to‘g‘ri xulosa chiqara bilish. “Qoyilmaqom o‘ynadim, zo‘r film chiqdi” qabilidagi gaplar bilan hammani aldashim mumkin, lekin o‘zimni alday olmayman!

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: