Agar bitta daraxtga tegilsa, o‘sha kuni ishdan ketaman — Jahongir Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev »Istiqlol» majmuasining qurilishi masalasida jamoatchilik bilan uchrashdi.

Hokim mustaqillikning 30 yilligiga atalgan majmua qurilishi uchun tanlangan Markaziy univermag yonidagi xiyobonda birorta ham daraxtga ziyon yetkazilmasligini ta’kidladi.

Agar bu yerda o‘sha majmua qurilsa, 100 yillar davomida bu parkka hech kim tegmaydi. Men hozir shahar hokimiman. Bu bog‘ni saqlab qolishim mumkin. Ammo men ketganimdan keyin keladigan hokim bu joyni mehmonxona qurilishiga berib yuboradi. Shuning uchun mustaqillik ramzi shu yerda qurilishi kerak.

Agar bog‘dagi bir dona daraxt kesilsa, men o‘sha kuniyoq ariza yozib lavozimimdan ketaman, – dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev 13 fevral kuni xiyobondagi uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, shahar hokimligi yangi majmua qurilishi uchun Markaziy univermag (TSUM) yonidagi serdaraxt bog‘ni tanlagani e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Majmua loyihasi uchun tanlov e’lon qilingach, ko‘p o‘tmay bir guruh faollar bunga qarshi petitsiya boshlashdi. Onlayn petitsiyada 7 mingdan ortiq kishi ovoz bergan, bevosita 5 mingdan ortiq fuqarodan yig‘ilgan imzolar prezidentning Xalq qabulxonasiga topshirilgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: