Aleksandr Dyuma haqida 5 fakt

1. Fransuz yozuvchisi Aleksandr Dyumaning kitoblari adadining ko‘pligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Yozuvchining kitoblari 100 millionlab nusxada nashr etilgan Uning qalamiga mansub asarlar esa 500 dan ortiq.

Dyuma asarlaridan

2. 500 ortiq asarni bir odam hayoti davomida yozish o‘ta mushkul bo‘lgani bois tanqidchilar: «Aslida Dyumaga (ba’zi) asarlarini uning nomidan yozib berishgan», deyishadi. Hozirgi vaqtga kelib, faqatgina bir holat buni isbotlashi mumkin: yozuvchi Ogyust Make rostdan ham Dyumaning asarlarini yozishda yordamlashgan, ammo 8 ming frank evaziga uning ismi asarda ko‘rsatilmagan. Biroq boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, Dyuma bir kunda 12-15 soat ijod qilgani sabab 500 dan ortiq asarlarni yozishga erishgan.

Ogyust Make

3. Yozuvchini ba’zan otasining izidan borgan, ismi ham Aleksandr bo‘lgan o‘g‘li bilan adashtirishadi. Ammo ota va o‘g‘ilning ijodida sezilarli darajada farq bor. Shu sabab bizning qahramonimiz haqida gap ketganida ko‘pincha “otasi” yoki “katta” Dyuma deya ta’kidlashadi.

Kichik Aleksandr Dyuma

4. Dyuma ijodi tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, yozuvchi Parijda yashagan vaqtida uning kamida 500 ta mashuqasi bo‘lgan.

Mashuqalaridan biri Melani Valdor

5. Mashhur fransuz yozuvchisi vatanparvar bo‘lgan. O‘z vaqtida imperator Napoleon Bonapartning yosh jiyaniga ustozlik qilgan. Bundan tashqari, Frantsiya Prussiyaga urushda mag‘lub bo‘layotganini eshitganida (buni o‘z fojiasi deb qabul qilib) betob bo’lib qolgan. Bir necha oydan so‘ng esa vafot etgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: