Aleksandr PERENDJIEV: Ayni sharoitda davlatlar uchun o’zi haqida ma`lumotlarni ochiqlash xavfli

Harbiy siyosatshunos Aleksandr Perendjiev ayni sharoitda davlatlar uchun o’zi haqida ma’lumotlarni ochiqlash xavfli ekanini bayon edi. Uning bildirishicha, O’zbekiston ochiq ma’lumotlar manbalari bo’yicha Open Data Inception reytingidagi davlatlar top-10taligiga kiritildi. Mamlakat bu reytingda to’qqizinchi qatorni egalladi. Undan yuqorida faqatgina Yevropaning yetakchi davlatlari va AQSH bor edi.

Rossiyalik ekspert so’zlariga ko’ra, Markaziy Osiyo mamlakatining bunday pozitsiyasi g’oyat ta’sirlidir, ammo bunday reytinglarning obro’si masalasi savol tug’diradi.

Geosiyosiy raqobat muqarrar bo’lgan zamonaviy dunyoda ma’lumotni ochiqlash o’ta xavfli. Bu mudofaa majmualari va aholiga doir ma’lumotlarga ham taalluqli. Ehtimol bu iqtisodiy va bank ko’rsatkichlari uchun muhimdir, lekin bu yerda ham o’ziga xos nozik jihatlar bor. RF da misol uchun «harbiy sir» degan tushuncha mavjud. Shunday ekan, bu kabi ma’lumotlarga juda ehtiyotkorona munosabatda bo’lish lozim.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: