Alisher Sultonov: elektron gaz hisoblagichlarining portlashi uyushtirilgan…

Energetika vaziri Alisher Sultonov portlab ketayotganiga qaramay, “Texnopark” kompaniyasining elektron gaz hisoblagichlarini aholi xonadonlariga o‘rnatish davom ettirilishini bildirdi.

Vazir intervyuda “Texnopark” gaz hisoblagichlarining portlashi “yomon niyatdagi odamlar tomonidan maxsus” uyushtirilayotganini aytib o‘tgan:

Bu ataylab amalga oshirilgan. Biz tekshiruv o‘tkazdik va buni aniqladik. Ushbu “og‘aynilar” biz bilan qanchalik kurashmasin, baribir hisoblagichlarni o‘rnatamiz va odamlarni iste’mol qilgan narsasi uchun pul to‘lashga majbur. Tartib o‘rnatamiz va o‘g‘irliklarga barham beramiz, — deb aytgan vazir.

Ma’lumot uchun: Andijon viloyatida elektron gaz hisoblagichlarning portlashiga «Xududgazta’minot» gaz bosimining kuchayganini sabab qilib ko‘rsatgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi tomon «Texnopark» mas’ullari o‘rganishlari natijasida payvandlash jarayonida elektron hisoblagichlarga zarar yetkazilgani haqida ma’lumot bergan edi.

P.S. Ajoyib! Gaz bosimi qish kelmasidan kamayib ketgani haqida butun Respublika bo‘ylab murojaatlar bo‘lgan bir vaqtda, ishlab chiqaruvchi tashkilot o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni texnik havfsizliklari qoidalariga rioya qilmaganidan shuncha portlashlar yuz berganiga nima deysiz?
Shunda Vazir janoblari aytayotgan «yomon niyatdagi odamlar» kimlar bo‘lib chiqyapti?

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: