Alisher Usmonov

Nima uchun mashhur?

Rossiyada faoliyat olib boruvchi asli o‘zbekistonlik milliarder, «USM Holding» aktsiyadorlik jamiyati ta’sischisi va rahbari, «Metolloinvest» va «Megafon» kompaniyalari, «MuzTV» telekanali, «Arsenal» futbol klubi, «Kommersant» nashriyot uyi va yana bir qancha kompaniyalar aktsiyadori. Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti. Rossiyalik milliarderlar reytingida Alisher Usmonov 8-o‘rinni egallab turibdi. U so‘nggi o‘n yilda $5,3 milliardga boyigan. 2010 yilda — $7,2 mlrd, 2020 yilda — $12,5 mlrd. Eng taniqli saxovatpesha boylardan biri.

Qanday qilib mashhur bo‘ldi?

Alisher Usmonov 1953 yilda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. Otasi Toshkent shahar prokurori bo‘lib ishlagan. Alisher Usmonov Moskva Davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan. 80 yillarda davlat mulkini o‘g‘rilash va firibgarlikda ayblanib, olti yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Unga qarshi ayblar Sovet davrida tashkillashtirilgan va Usmonov Mixail Gorbachev rahbarligi davrida tamoman oqlangan. A.Usmonov katta daromadni ilk bora 80 yillarning oxirida yelim xaltalarni ishlab chiqarish orqasidan topgan. Xom-ashyoning arzonligini bilgan va yelim xaltalar bozorining katta bo‘lishiga ko‘zi yetgan Usmonov orttirgan daromadlarini to‘plab, o‘sha vaqtda ko‘pchilikning nazariga ilinmaydigan va endigina rivojlanishni boshlayotgan «Gazprom» korxonasiga tikadi. Keyinchalik «Gazprom»ning metall bilan bog‘liq ishlarini boshqaruvchi «MetalloInvest» kompaniyasiga asos soladi. Shundan so‘ng, ko‘plab ommaviy axborot vositalari va telekom korxonalariga o‘z sarmoyasini sarflashni boshlaydi. Aynan shu kabi sarmoyalar Alisher Usmonovning millarderlarning yetakchisiga aylanishiga sabab bo‘lgan.Alisher Usmonovning turmush o‘rtog‘i samarqandlik Irina Viner gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. Hozirda u Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti hisoblanadi. Alisher Usmonov ayolining birinchi turmushidan bo‘lgan farzandi Anton Vinerga otalik qiladi.

Mashhur nima deydi?

«Men uchun pul — bu funktsiya. U nimagadir erishish imkoniyatini beradi, yutuqlaringiz o‘lchovi bo‘lishi mumkin yoki, aksincha, uning miqdoriga qarab, muvaffaqiyatsizliklaringiz haqida bilib olish mumkin.»

«Harakatsizlik haykalga yarashadi. Biznesda esa dinamizm — daromadingiz kafolati.»

«Men o‘zbek ekanligimdan faxrlanishim haqida ko‘p marta aytganman. Bu mening ona yurtim ekanligidan g‘ururlanaman. O‘zbekiston uchun, O‘zbekiston rahbariyati uchun qanaqa foydam tegishi mumkin bo‘lsa, barchasini qilishga tayyorman. Har doim va istalgan daqiqada.»

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: