Antarktida haqida 5 fakt

1️⃣ Artarktida Yerdagi eng baland, eng quruq, eng sovuq va eng shamolli materikdir. Qit’a sayyoramizdagi chuchuk suvlarning taxminan 90 foizini, toza suvlarning 70 foizini o‘z ichiga oladi.

2️⃣ Mazkur materikda 30 mamlakatga qarashli 80 ta tadqiqot stantsiyalari mavjud. U yerga yoz oylarida 4 ming atrofida, qishda esa mingga yaqin tadqiqotchi va sayyohlar borishadi.

3️⃣ Bugungacha qayd etilgan dunyodagi eng katta aysberg «B-15» deb nomlangan. Uning uzunligi 295 km, eni 37 km, yuzasi 11 000 kvadrat kilometrni tashkil etgan.

4️⃣ Emil Marko Palma – Antarktidada dunyoga kelgan birinchi odam hisoblanadi. U 1979 yil yanvar oyida tug‘ilgan. Bugungacha qit’ada faqat o‘nta chaqaloq dunyoga kelgan.

5️⃣ Antarktida hududida bugungacha aniqlangan eng sovuq havo harorati -98°C hisoblanadi. Biroq global iqlim o‘zgarishi oqibatida havo harorati ham isib bormoqda. So‘nggi 25 yil ichida Antarktida 3 trillion tonnadan ko‘proq muzni yo‘qotdi. Afsuski, olimlar bu ko‘rsatkich yildan-yilga ortib borishi mumkinligini ta’kidlashmoqda.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: