AQSh tarixidagi ilk ayol vitse-prezident Kamala Xarris kim va nima uchun hamma u haqda gapirmoqda?

Oila va ta’lim

Senator Kamalaning onasi AQShga ko‘chib kelgan hind immigrantlaridan bo‘lgan. U universitetda ta’lim olayotgan yillari yamaykalik Donal Xarris bilan tanishgan va unga turmushga chiqqan. Ularning turmushi uzoqqa bormagan va Kamala kichikligidayoq ajrashib ketgan. Onasi fan, saraton tadqiqotchisi, o‘qituvchi va faol sifatida qiziga o‘rnak bo‘lgan.

Kamala maktabni bitirganidan keyin Vashingtonda joylashgan Xovard universitetiga qabul qilinadi va u yerda iqtisodiyot va siyosatshunoslikni o‘rganadi. Keyinroq Kaliforniyaga qaytadi, o‘qishini yurisprudensiya yo‘nalishida davom ettiradi va huquq bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi.

Talabalik yillaridayoq senat ofisida sekretar bo‘lib ishlagan, keyin esa Kaliforniyaning Oklend shahrida joylashgan prokuratura okrugida faoliyatini davom ettirgan. 2003 yilda San-Frantsisko yaqinidagi okrug prokurori bo‘lgan. 2010 yilda Kaliforniya shtatining bosh prokurori lavozimini egallashga, 2016 yilda mazkur shtat senatori bo‘lishga muvaffaq bo‘ladi.

Uning singlisi Mayya ham huquqshunos. U Xillari Klinton prezidentlikka nomzodini qo‘ygan vaqtlarda uning jamoasida bo‘lgan va saylov kompaniyasida faol ishtirok etgan.

Kamala Xarris —Trampning shaxsiy dushmani

Kamala Barak Obama va uning siyosiy qarashlarini qo‘llab-quvvatlagan va aynan shu sabab siyosiy karera qilishga qaror qilgan. Trampga esa senatorning soliqlarni oshirish, armiya va politsiyani moliyalashtirishga ajratiladigan mablag‘ni kamaytirish, tibbiyotni isloh qilish borasida Oq uyda tashkil etilgan brifingda aytgan fikrlari yoqmagan. «Kamala Xarris nihoyatda yaramas odam. U AQShdagi eng qo‘pol, hurmat nimaligini bilmaydigan va eng liberal senator», — degan Tramp.
Shuningdek, Amerikaning sobiq prezidenti Kamalaning omma e’tiborini jalb qilish va saylovchilarni, demokratchilar opponentiga ovoz berishga qodir bosimi ochiqchasiga cho‘chitadi va uni o‘zining shaxsiy dushmani deb hisoblaydi.

Demokratchi Bayden esa Twitter sahifasida Trampdan farqli o‘laroq, Kamalani, fuqarolik huquqi uchun kurashadigan eng yaxshi davlat xizmatchilardan biri deb atagan. Ularning ichki siyosat bo‘yicha qarashlari ko‘p borada kesishadi, tashqi siyosat bo‘yicha esa ular deyarli bir xil fikrlaydi. Ushbu siyosiy duet Amerika saylovchilari uchun ishonarli bo‘ladimi yoki yo‘q buni vaqt ko‘rsatadi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: