Atrof-muhit ifloslanishi haqida 5 fakt

1. Havoning ifloslanishi dunyodagi eng katta «killer»lardan biri. Yer yuzidagi har 8 o‘limdan biriga u sababchi bo‘ladi. Yiliga 3 mln. dan ortiq 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar aynan uning oqibatida vafot etadi. Har yili ifloslanish tufayli 1 milliondan ziyod dengiz qushi va 100 mln sutemizuvchi hayvonlar nobud bo‘ladi.

2. Xitoy — dunyoning eng yirik karbonat angidrid ishlab chiqaruvchisi. Ikkinchi o‘rinda AQSh turadi.

3. Pekin shahrida bir kun nafas olish 21 ta sigaret chekishga teng. Mumbay shahrida bir kun yashash esa naq 100 ta tamaki chekish bilan birdek sog‘likka salbiy ta’sir qiladi.

4. Hindistondagi chiqindilarning deyarli 80 foizi Gang daryosiga tashlanadi. Urf-odat bo‘yicha, vafot etgan insonlarning kuydirilgandan qolgan kuli, o‘lgan chaqaloqlar esa shunchaki matoga o‘rab Gang daryosiga oqiziladi. Oqibatda, yiliga 1000 ga yaqin bola ifloslangan suv tufayli vafot etadi.

5. Dunyoda 500 milliondan ortiq avtomobillar mavjud. 2030 yilga kelib ularning soni 1 milliardga yetadi. Bu ifloslanish darajasi ikki barobardan ziyodroq bo‘lishini anglatadi.

Rasmda Xitoydagi havo ifloslanishining kosmosdan ko‘rinishi tasvirlangan.

P.S. Kelasi safar qo‘lingizdagi chiqindini yerga uloqtirmoqchi bo‘lganingizda yoki atmosferaga ziyon keltiradigan ish qilmoqchi bo‘lganingizda yuqorida qayd etilgan faktlarni eslang!

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: