“Bitta material chiqartirib bering!”

XTV tomonidan o‘qituvchilarni o‘quvchilarning natijasiga qarab rag‘batlantirish mexanizmi ishlab chiqilayotgan xabarni o‘qib o‘ylanib qoldim. Unga ko‘ra, endilikda maktab direktorlarining faoliyatiga ular rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasi bitiruvchilarining hayotda o‘rnini topa olish darajasidan kelib chiqqan holda baho berilar ekan. Qiziq, endi bu rag‘batga erishish uchun qanday mexanizmlar ishga solisharkan? Ishqilib o‘tgan safardaka bo‘lmasinda!

O‘tgan o‘quv yili davomida respublika gazeta-jurnallarida maqolasi bosilgan o‘qituvchilar uchun ustama belgilangan edi. O‘shanda, umuman maqola yozolmaydigan pedagoglar ham “bitta material chiqartirib bering” deb matbuotchilarni hol-jonimizga qo‘yishmadi. Tavba, ularga talab to‘g‘rimi, deb hayron qolgandik o‘shanda.

Mexanizm ishlab chiqilayotgani yaxshi, faqat u halol raqobat, mehnat va izlanish asosida amalga oshirilishi kerak. Aks holda tizimda o‘zgarish kuzatilmaydi, lekin ishlar go‘yoki besh bo‘lib boraveradi.

Sayyora Qodirova

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: