Biz birinchi navbatda siyosiy tizimni o‘zgartirishimiz kerak

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev «Yangi O‘zbekiston – yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi sohadagi asosiy o‘zgarishlar, saylovoldi tashviqotini yakunlash, saylovga tayyorgarlik, parlamentarizmni rivojlantirish istiqbollari, parlament diplomatiyasi kabi masalalar yuzasidan shunday fikr bildirdi.

3 yil avval O‘zbekiston eng avtoritar davlatlardan biri edi. Davlat o‘z asosiy funktsiyalarini to‘g‘ri bajarmayotgan mamlakatlar safiga kiritilgan edi. Tushunarliki, shunday tahlilning o‘zi ko‘rsatadiki, mamlakatdagi vaziyatni chuqur bilgan hukumat a’zolari hamda birinchi navbatda, 13 yil davomida bosh vazir bo‘lgan inson, albatta, bu yerdagi o‘zgarishlarni boshlamasdan iloji yo‘q edi. Mamlakatning rivojlanishi kontseptsiyasi, falsafasi o‘zgarishi kerak edi va ilgaridagidek barchamiz marksistik yondashuvdan chiqib avval iqtisod demasdan, shu narsa hamma uchun aniq bo‘ldiki, biz birinchi navbatda siyosiy tizimni o‘zgartirishimiz kerak. Sababi, siyosiy tizimni o‘zgartirmasdan, inson huquqlarini ta’minlamasdan insonning potentsialini ro‘yobga chiqarib bo‘lmaydi.

Investitsiyalarni olib kelish uchun, kichik biznesni rivojlantirish uchun, ish o‘rinlarini yaratish uchun, mamlakatimizni raqobatbardosh qilish uchun, birinchi navbatda, yangi qonunlar va davlat boshqaruvi tizimi zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak. Men o‘ylaymanki, mana shu O‘zbekiston rivojlanishining paradigmasini tashkil qiladi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: