Biz hamon sho‘ro mafkurasi orbitasidamiz…

Sherzodxon QUDRATXO‘JAYEV, Siyosiy fanlar nomzodi:

Bizdan saylovlar vaqtida “Nimaga mamlakatda muxolifat partiyalar borligi ko‘zga tashlanmaydi? Bor bo‘lsa ham bilinmaydi.” deb so‘rashadi. Buning javobi oddiy: bizda “hukmron” partiya bor va ikki partiyadan iborat demokratik alyans tuzilgan. Ularga muxolif partiyalar ham bor.

Masalan, Buyuk Britaniyada “Leyboristlar” hokimiyatga kelsa, o‘z Bosh vazirlarini qo‘yadilar. Konservatorlar esa afsuslanib, qo‘llarini qo‘ltiqlariga urmaydilar. Kurash davom etaveradi. Amaldagi hukumatga muxolif sifatida mag‘lub partiyaning “soyadagi” kabineti tuziladi va ish yuritadi. Qulay fursat kelganda, ular ham Dauning-strit 10 (Downing Street 10) ni egallaydilar.

Bizda-chi? Bizda esa inglizlar tajribasi emas, ko‘proq sobiq SSSRning asoratlari singib ketgan. Bizning siyosiy qarashlarimiz sovet tizimida ulg‘aygan va qonimizda. Ya’ni bizning hozirgi siyosiy qarashlarimizda kommunistik mafkura ta’siri sezilib turadi. Sho‘rolar tuzumida hukmron partiya bolsheviklar (ko‘pchilik) bo‘lsa, qolganlar mensheviklar (kamchilik) va eserlar bo‘lishgan.

Mensheviklarni Lenin va Stalin otib tashlagan. Balki shuning uchun shu munosabat va qo‘rquv hamon bizda bordek. Hukmron partiyaga qarshi borolmaymiz. Mening nuqtai nazarim shunday.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: