Atom bombalari haqida 5 fakt

Bugun, 6-avgust — Jahon yadro qurolini taqiqlash uchun kurash kuni.

1. Roppa-rosa 75 yil avval, 1945-yili 6-avgust kuni AQSH Yaponiyaning Xirosima shahriga atom bombasi tashlangan. 600 metr balandlikda portlagan bombaning oqibatida sanoqli daqiqalar ichida 80 mingga yaqin inson halok bo‘lgan. Portlash markazi yaqinidagi 12 kvadrat kilometr maydondagi inshootlar butunlay vayron bo`lgan Shuningdek, 90 ming uydan 62 mingtasi qulagan.

2. 1962-yilda AQSH Yaponiyaga tashlangan bombaga nisbatan 100 barobar kuchliroq bombani kosmosda portlatishgan. Bundan tashqari, AQSH sovuq urush vaqtida o‘z kuchlarini ko’rsatish uchun Oyda atom bomba portlatish proektini ishlab chiqishgan.

3. Tsar-bomba (shoh bomba) sinovdan o‘tkazilgan eng yirik atom bombasidir. Uning portlashi shunchalik kuchli ediki, portlashdan so‘ng seysmik to‘lqin Yer sharini uch marta aylanib chiqqan (Yerni uch marta «silkitgan»).

4. 1966 yil yanvar oyida AQSH harbiylari 4 ta yadroviy qurolni yo‘qotib qo‘yishgan. 3 ta bomba yerga qulagan, ammo (yaxshiyamki) portlamagan. 4-bomba esa ikki oy dengizda suzib yurganidan so‘ng topilgan.

5. Yamaguti Sutomu Xirosimadagi atom bomba portlashidan omon qolib, Nagasakiga yo‘l olgan. Nagasakidaligida Yaponiyaga ikkinchi bomba tushgan. U ikkinchi atom bombadan ham tirik qolgan va 2 ta atom bombadan omon qilgan dunyodagi yagona odamga aylangan.

Bonus. Hozirgi kunda Xirosima va Nagasaki shaharlarida radiatsiya darajasi normaldir, chunki bu shaharlarga tashlangan bomba osmonda portlagan. Shu sababdan (2014 yil hisobiga ko’ra) Xirosimada 1 mln, Nagasakida 400 ming kishi istiqomat qiladi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: