Xalq deputatlari Norin tumani kengashi deputati sifatida yurgan bunday xalq rozi bo‘lmayotgan kadrdan xalqqa ne naf?

Norin tumanida saylovchilar bilan uchrashuvlarim davomida ularning murojaatlarini joyida hal etishga, ayniqsa, elektr ta’minoti korxonasi bilan bog‘liq masalalarni tuman mutasaddilari bilan birgalikda joyida hal etishga harakat qildik.

Men bunday iliq fikrni Norin tumani tibbiyot birlashmasi rahbari N.Xolmirzayeva faoliyati bilan bog‘lay olmayman. Chunki uchrashuvlarim davomida saylovchilar tomonidan tibbiyot sohasida hal etilishi zarur bo‘lgan bir necha murojaatlar bildirildi.

Bu murojaatlarni egasiga (aslida egasi emas, menimcha!) yetkaza olmadim. Chunki harchand uchrashib, yoki telefon orqali bo‘lsa-da, masalalarni hal qilishga harakat qilmay, u bilan uchrashishning iloji bo‘lmadi, aniqrog‘i u xohlamadi ! Sababi menga qorong‘u. Bir martagina «o‘zim bog‘lanaman, prokuror sektorida yig‘ilishdaman», deganicha, keyingi qo‘ng‘iroqlarim, tuman mutasaddilari orqali qidirishlarim samara bermadi. Bu yig‘ilish «haligacha tugamadi».

O‘ylab qolasan, xalq dardini yetkazish niyatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati topa olmagan, xalq vakilini eshitishni istamagan ushbu kadrni fuqarolar qanday topisharkan? Sohada qalashib yotgan muammolar bilan shug‘ullanmaydigan, ustiga ustak Xalq deputatlari Norin tumani kengashi deputati sifatida yurgan bunday xalq rozi bo‘lmayotgan kadrdan xalqqa ne naf?..

Zafar Xudoyberdiyev
OMQP deputati

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: