Buyuk Britaniyada keyingi haftadan koronavirusga qarshi emlash boshlanadi

Buyuk Britaniyada Pfizer/BioNTech vaktsinasidan foydalanish uchun ruxsat berildi. Yuqori risk guruhidagilar keyingi haftadan boshlab koronavirusga qarshi emlanadi.

Buyuk Britaniya Tibbiyot va sog‘liqni saqlash mahsulotlari regulyatori Pfizer/BioNTech vaktsinasidan favqulodda holatda foydalanish uchun ruxsat berdi. Yuqori risk guruhidagilar keyingi haftadan boshlab koronavirusga qarshi emlanadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Mamlakat ushbu vaktsinaning 40 mln dozasini sotib olgan. Oldinroq, uning samaradorligi 95%ni ko‘rsatganligi haqida xabar berilgan edi.

Vaktsina va immunizatsiya bo‘yicha qo‘mita birinchi navbatda vaktsina bilan emlanishi kerak bo‘lgan guruhlar, jumladan qariyalar uyida yashovchilar, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari, katta yoshdagilar va klinik jihatdan og‘ir ahvoldagilar uchun maslahatlarni e’lon qilishini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, vaktsinaning narxi 15,5 yevroga baholangan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: