Uyg‘oning, janob mudir!

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Shahrixon tumani, Dorilamon mahallasida joylashgan 56-umumta’lim maktabidagi achinarli holat kishini o‘ylantiradi. Turli fikrlar, turlicha qarashlar – kimdir bu noto‘g‘ri ma’lumot, yana kimdir bo‘lishi mumkin emas, degan fikrda. O‘sha “bo‘rttirilgan voqea”ga oydinlik kiritish maqsadida partiya faollari mazkur maktabda bo‘ldik.

Batafsil

Shoir maqbarasi qarovsiz qolsa…

Nukus shahrida yashovchi ijodkorlar bilan Mo‘ynoq tumaniga yo‘l oldik. Bir payt kimsasiz cho‘l o‘rtasida moviy gumbazli ixchamgina qilib barpo etilgan maqbara ko‘rindi. Bu maqbara shundoqqina yo‘l yoqasida bo‘lib, ko‘rinishidan qandaydir buyuk insonga atab qurilganga o‘xshaydi. Ko‘ngilni xira qilgani shundaki, maqbara atrofi juda qarovsiz ahvolda. Biz ichkariga kirdik, bu ziyoratgohda qoraqalpoq xalqining buyuk shoiri Ajiniyaz Qusiboy o‘g‘lining ramziy qabri bor.

Batafsil

Transport vazirligi diqqatiga!

Shu paytgacha odamlar orasida “O‘tirgan joyida havodan pul topadi”, deyilganda, mobil aloqa xizmati ko‘rsatuvchi kompaniyalar nazarda tutilardi. Mantiqan olib qaralganda, bu bejiz emas: abonentlarning bog‘lanishi simsiz, ya’ni havo orqali bo‘ladi va taqdim etiladigan tariflar (eng arzon narxdagisi ham) eniga qo‘shib, bo‘yidan urish, har qanday vaziyatda uyali aloqa kompaniyasi manfaatini ko‘zlashga asoslanardi.

Batafsil