Obnalchi firmalar koronavirusdan ham yomonroq— Sherzod Kudbiyev

«Obnalchi» halol tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. U davlatni, jamiyatni aldaydi, — dedi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev. Davlat soliq qo‘mitasi rahbari QQS bilan hisob-kitoblarni bekor qilish bo‘yicha yangi to‘lqin kutilayotganidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «obnalchi» firmalarning umri keskin qisqardi.

Batafsil

Konstitutsiyaga kimlar, qancha o‘zgartirish kiritgan?

Bugun konstitutsiya bayrami bahonasida mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishishni istaysizmi? Bu ajoyib-u g‘aroyib faktlar har kimga har xil kayfiyat bag‘ishlashi aniq. Bahs-mulohazaga kirishishni istaganlarni esa muhokamaga chorlaymiz! Umriboqiy prezidentlar Siyosatshunos Rassel Fittsgibbon 1940 yildayoq davlatni uzoq boshqarish uchun qonunlarni o‘zgartirishni “continuismo” deb atashni taklif qilgan. Bugun bu “siyosiy kasallik” butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan […]

Batafsil

Prezident yig‘ilishida uchta tuman hokimini ishdan olishga ko‘rsatma berildi

Prezident boshchiligida bo‘lib o‘tayotgan selektorda Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi qo‘yildi. Ushbu hokimlar ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ygan. Shuningdek, Yozyovon, Uchtepa, Shofirkon va Bekobod tumanlarida faol tadbirkorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar tanqid qilindi. Bundan tashqari yaxshi natijalarga erishgan hududlar, xususan Qashqadaryo […]

Batafsil

Korruptsionerlar kuchaymoqdami yoki korruptsiyaga qarshi kurashayotganlar?

Kunaro kamida bir korruptsioner qo‘lga olingani haqida o‘qiyapmiz. Tavba, jamiyatimizda shuncha korruptsionerlar ko‘payganmi? Ularning oxiri ko‘rinmayapti-ya! Mana bunga nima deysiz? Bektemir tumani aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori tanishlari orqali bir ayolni poytaxtdagi tug‘uruqxonalardan biriga rahbarlik lavozimiga tayinlash uchun 30 ming dollar so‘raydi va 10 ming dollarni olayotgan paytda qo‘lga olinibdi. P.S. Bir necha kun oldin […]

Batafsil

Moldovaning saylangan prezidenti Mayya Sandu 28 yildan beri mamlakat hududida bo‘lib turgan Rossiya harbiylarini uyiga qaytarish niyatida ekanini ma’lum qildi

U Pridnestrovya bilan bog‘liq mojaro yechimi rus askarlarining mintaqadan butkul chiqishini o‘z ichiga olishi kerakligini qat’iy ta’kidlamoqda. P.S. Rasmiy Moskva, ayniqsa, uning tashqi ishlar mahkamasidagi hamisha hoziru-nozir piarchisi Mariya Zaxarova hozircha Sanduning bu chiqishiga munosabat bildirgani yo‘q.

Batafsil