Daraxtlar haqida 5 fakt

1. Bir million tonna qog‘oz ishlab chiqarish uchun o‘rtacha chorak million daraxt kesilishi kerak. Bir dona A4 qog‘ozini tayyorlash uchun esa 15-20 gramm yog‘och zarur.

2. Dunyoda daraxtlar odamlardan 60 barobar ko‘proq. Ammo sayyoramiz yiliga 95-97 mln. daraxtni yo‘qotmoqda.

3. Xitoy qonunlariga ko‘ra, har bir fuqaro 11 yoshdan oshganidan so‘ng har yili kamida uchta daraxt ekishi kerak.

4. Shvetsiyada joylashgan «O‘rmon» mehmonxonasidagi barcha xonalar daraxtlarning ichidadir.

5. Kolumbiya universiteti olimlari tabiiy daraxtga qaraganda 1000 marta tezroq zaharli gazlarni yutib yuboradigan va hech qachon qurimaydigan sintetik daraxtlarni ixtiro qilishmoqchi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: