Deniel ROZENBLYUM: Men elchi sifatida viza berilishi ishlariga aralashmayman

 AQShga viza olib, viza muddati tugaganidan keyin ham bu mamlakatdan chiqib ketmayotgan O’zbekiston fuqarolari soni ko’pligi sababli Amerika vizasini olish o’zbekistonliklar uchun qiyinlashib bormoqda.

Qo’shma Shtatlarning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniel Rozenblyum deyarli 70 foiz hollarda O’zbekiston fuqarolariga nega viza berilmaganini izohladi.

Men elchi sifatida viza berilishi ishlariga aralashmayman, elchixonamizda bunga mas’ul alohida bo’lim bor. Bu bo’limdagilar talabgorning AQShga kirishi qay darajada mumkin ekanini o’rnatilgan qonun-qoidalar asosida aniqlashadi.

Shuni bilamanki, viza bilan AQShga kelib, u yerda belgilangan muddatdan ortiqroq qolib ketish holatlari bo’yicha O’zbekiston fuqarolarining ko’rsatkichlari nisbatan yuqoriroq. Natijada biz har bir viza talabgorini sinchiklab o’rganib chiqishimiz va ular Qo’shma Shtatlarda belgilanganidan ko’proq qolib ketmasligiga ishonch hosil qilishimiz lozim.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: