Deputat kim? U o‘z vakolat va majburiyatlarini biladimi?

yoxud nega ayrim mahalliy kengashlar xalq mulkini, budjet mablag‘larini o‘zlashtirayotganlarga ko‘maklashmoqda!

Guruch kurmaksiz bo‘lmaydi deganlaridek, o‘ziga bildirilgan ishonchni suiiste’mol qilib, vazifasiga panja orasidan qarab kelayotgan, ustiga-ustak amaldagi qonunlarni buzayotgan deputatlar ham uchrab turadi.

Xususan, Uchtepa tumani “10-Zakovat” okrugidan saylangan deputat Mirsaid Mirvoxitovga “Bugungacha aholining nechta murojaatini ko‘rib chiqdingiz? Ulardan ijobiy hal qilingani qancha? Fuqarolarning qabul kunida qanday masalalar ko‘tarilmoqda?” kabi savollar bilan yuzlansak, u javob qaytara olmadi. Shu tumanning “26-Shirin” okrugidan saylangan deputat Doniyor Xasanovning ham deputatlik faoliyati davomida saylovchilari bilan biror marta uchrashmaganini, ularning dardu tashvishi bilan qiziqmaganini qanday tushunish mumkin? “27-Farhod” okrugidan saylangan deputat Hamidulla Hakimovni esa unga ovoz bergan mahalla ahli tanimaydi. Pandemiya tufayli turli muammolarga uchragan fuqarolar dardini kimga aytishni bilmaydi, negaki, deputatni qidirib topa olmasligi ham bor gap.Xususan, Uchtepa tumani “10-Zakovat” okrugidan saylangan deputat Mirsaid Mirvoxitovga “Bugungacha aholining nechta murojaatini ko‘rib chiqdingiz? Ulardan ijobiy hal qilingani qancha? Fuqarolarning qabul kunida qanday masalalar ko‘tarilmoqda?” kabi savollar bilan yuzlansak, u javob qaytara olmadi. Shu tumanning “26-Shirin” okrugidan saylangan deputat Doniyor Xasanovning ham deputatlik faoliyati davomida saylovchilari bilan biror marta uchrashmaganini, ularning dardu tashvishi bilan qiziqmaganini qanday tushunish mumkin? “27-Farhod” okrugidan saylangan deputat Hamidulla Hakimovni esa unga ovoz bergan mahalla ahli tanimaydi. Pandemiya tufayli turli muammolarga uchragan fuqarolar dardini kimga aytishni bilmaydi, negaki, deputatni qidirib topa olmasligi ham bor gap.

Rostini aytganda, Uchtepa tumani deputatlarining oshig‘i olchi. Deputat Maktuba Aripova 2020 yil 1 maydan Uchtepa tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlanibdi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Saylov kodeksining 90-moddasi va Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, M.Aripova deputatlikni topshirishi kerak emasmi?

Joriy yilning 23 oktyabr kuni xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining II chaqiriq 18-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari A.Xo‘janov kun tartibidagi masalalar yuzasidan hisobot berdi. Ma’lum bo‘lishicha, tuman mahalliy budjetining 2020 yil I chorak yakuni bo‘yicha 3 mlrd. 702 mln. so‘m rejadan orttirib bajarilgan va qator xarajatlarga yo‘naltirilgan. Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, tuman hokimligi va moliya bo‘limi xodimlarining lavozim maoshlari ustamasiga A.Xo‘janovning bildirgisi asosida I chorak uchun 831 mln. so‘m, II chorak uchun 151 mln. so‘m, III chorak uchun 342 mln.so‘m, jami 1 mlrd. 324 mln. so‘m sarflangan.

Buni qarangki, 2020 yilning avgust-sentyabr oylarida mablag‘ tuman moliya bo‘limi tomonidan tuman hokimligiga o‘tkazib, to‘lab berilgan 23 oktyabrdagi sessiyada kun tartibiga tasdiqlashga kiritilmoqda. Demak, bu pullar asossiz ravishda sarflanib, talon-toroj qilingan. Aslida, hokimlikning faoliyati Prezident tomonidan aytilib, muhlat berilgan bir paytda mansabdor shaxslarning o‘zini-o‘zi mukofotlashi to‘g‘rimi? Qiziq, bu O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining tegishli moddalariga zidligini hurmatli hokim o‘rinbosari va deputatlar biladimi?

Zero, Budjet kodeksining 126-moddasida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha manbalari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti taqchilligini qoplashga, joriy moliya yili uchun belgilangan aylanma kassa mablag‘larining miqdorini to‘ldirishga, qolgan qismi esa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadigan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Ushbu moddaning 5-qismiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining, Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining qo‘shimcha manbalardan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar vashaharlar Kengashlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining takliflariga asosan birinchi navbatda ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qabul qilinishi kerak.

Uning 7-qismida esa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlari favqulodda va shunga o‘xshash kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rilishi talab etiladigan hollarda ishlatilgan mablag‘lar to‘g‘risida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga hisobot berish sharti bilan qo‘shimcha manbalarni yo‘naltirish bo‘yicha qarorlar qabul qilishi belgilangan.

Haqli savol tug‘iladi, deputat kim o‘zi? U xalqning og‘irini yengil qilib, dardiga darmon bo‘ladigan mas’ulmi yoki xalq mulkini, byudjet mablag‘larini o‘zlashtirganlarga tegishli hujjatlarni ramiylashtirishga ko‘maklashuvchimi? Balki bunga ayrim deputatlarning o‘z sohasini, qonun hujjatlarni yaxshi bilmasligi sabab bo‘layotgandir.

Deputatlarga, avvalo, Prezident, xalq ishonch bildiradi. Shuning uchun ularga imtiyoz va vakolatlar, daxlsizlik huquqi beriladi. Demak, bunga javoban deputatlar o‘z faoliyatida ayrim tamoyillarga tayanib ish ko‘rishi, o‘zining axloqi, ma’naviyati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi kerak. Dastavval, har qanday holatda ham qonunga zid harakat qilmasligi, adolatli, xolis va odil bo‘lishi shart. Binobarin, nemis faylasufi Immanuil Kant aytganidek, “Adolat yo‘qolgan paytda hayotning qadrini belgilaydigan boshqa hech narsa qolmaydi”. Qolaversa, deputatlar o‘z manfaatlarini emas, fuqarolarning manfaatlarini ustun qo‘yishi, saylovchilar oldidagi mas’uliyatini unutmagan holda, saylovoldi dasturiga qat’iy amal qilib, bergan va’dalarini bajarishi shart.

Nuriddin ZAYNITDINOV,
Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari.

Iroda NORBOYEVA, jurnalist

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: