Deputat Muzafara Abdiyeva: O‘qituvchining qadr-qimmati qayerda qoldi?

O‘qituvchilardan ma’lum bir mablag‘ so‘ralayotganligi to‘g‘risidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlar 40 yillik umrini maktabga bag‘ishlagan meni dilimni g‘ash qildi. Ko‘p yillik faoliyatim davomida o‘qituvchilardan turli-tuman yig‘imlar undirish, xizmat vakolatiga kirmagan (paxta yig‘im-terimiga, ko‘chalarni obodonlashtirish) ishlarga, yig‘ilishlarga jalb etish, kerar-nokerak hisobotlar talab etilishini guvohi bo‘lganmiz.

Ammo bugungi kunda prezidentimiz rahbarligida: «O‘qituvchining kasbiy sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasidadir», — deb belgilangan bir paytda, nahotki, mahalliy hokimliklar maktablarni ta’minlay olmasa? Nahotki, o‘qituvchining qadri o‘sha yig‘iladigan mablag‘ bilan o‘lchansa?

Mening nazarimda, o‘z xalqini sevgan mahalliy hokimlik mutasaddilari kelgusida tumanni yuksalishida asosiy kuch bo‘lgan o‘qituvchining qadr-qimmatini bunday kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Muzafara Abdiyeva
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: