Dunyodagi eng baland bino haqida 5 fakt

1️⃣ 2020 yil ma’lumotlari bo‘yicha, Dubaydagi «Burj Xalifa» dunyodagi eng baland bino hisoblanadi. Uning balandligi 828 metrga teng (163 qavat). Bu Eyfel minorasidan 3 barobar baland degani.

2️⃣ «Burj Xalifa» dunyodagi eng baland bino bo‘lishdan tashqari yana 6 marotaba jahon rekordiga munosib deb topilgan. Masalan, dunyodagi eng ko‘p qavatli bino, dunyodagi eng balandlikda joylashgan tashqi maydonchaga ega inshoot, eng uzoq masofa orlig‘ida xizmat qiluvchi lift va h.k.

3️⃣ Minoraga sarflangan beton og‘irligi 100 000 fil og‘irligiga teng. Foydalanilgan alyuminiy miqdori esa 5 ta A380 samolyoti og‘irligiga to‘g‘ri keladi.

4️⃣ «Burj Xalifa»da o‘rnatilgan lift nafaqat uzoq masofaga yura olishi bilan, balki tezligi bo‘yicha ham ajralib turadi. Uning tezligi soniyasiga 10 metrni tashkil etadi. Ya’ni, bir daqiqada 124 qavat yuqoriga ko‘tarila oladi.

5️⃣ Mazkur binoning qurilishi uchun 110 ming tonnadan ortiq beton, 55 ming tonna temir armatura hamda 22 million ish soati kerak bo‘lgan. U 2004 yil yanvar oyidan 2010 yilning yanvar oyigacha, jami 6 yil davomida qurib bitkazilgan. Qurilishning har bir kunida 12 000 ishchi ishtirok etgan.

P.S. O‘tgan yili Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga tashrifi sharafiga «Burj Xalifa» O‘zbekiston bayrog‘i ranglariga burkangan edi.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: