Dunyodagi eng baland haykal haqida 5 fakt

1. Hindistonning Gujarot shtatida bunyod etilgan «Birlik haykali» 182 metr balandlikka ega. Bu Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykalidan 2 barobar balandroq degani.

2. Unda Hindistonning ilk bosh vazir o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri, davlat mustaqilligiga erishish uchun 562 ta mayda shtatlarni birlashtirgan arbob – Sardar Patelning siymosi gavdalantirilgan.

3. U qisqa vaqt ichida – 42 oyda (3 yarim yil) qurib bitkazilgan. 3 400 nafar ishchi va 250 dan ortiq muhandis tinimsiz mehnat qilgan.

4. Haykalning ichki tomoniga tezlik bilan harakatlanuvchi to‘rtta lift o‘rnatilgan. Liftlar 153 metr balandlikka ko‘tarilganda, haykalning ko‘krak qismida joylashgan katta zaldan tashqariga qarash imkoni yaratilgan.

5. 2018 yilda qurib bitkazilgan ushbu inshootga 5 700 tonna po‘lat, 25 000 tonna temir, 90 000 tonna sement, 1 850 tonna bronza sarflangan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: