Dunyoning «qovun tushirgan» 5 siyosiy partiyasi

1. 1994 yil Rossiyada «Pivoni sevguvchilar» partiyasi tashkil topgan. U, hatto, davlat saylovlarida qatnashgan bo‘lib, 400 000 ovozga ega bo‘lgan. Bunday nomga ega partiya yolg‘iz emas, Polsha, Belarus va Ukrainada ham shunday partiyalar mavjud.

2. Daniyalik komedik aktyor Yakob Xaugaard 1979 yili «Vijdonan ishdan bo‘shagan erinchoqlar» partiyasi raisi bo‘lib tayinlangan. Ko‘p yillar davomida parlament saylovlarida qatnashgan partiya oxiri ko‘zlagan natijalariga erishadi, ya’ni Xaugaard deputat mandatligini qo‘lga kiritadi. Lekin uning erinchoqligi ko‘p o‘tmay ishdan ketishiga sabab bo‘ladi.

3. Shvetsiyada 800 tacha (juda ko‘p) partiyalar bor. Biroq ularning orasida Jonglyorlar partiyasi yaqqol ajralib turadi. Ularning saylovoldi dasturlari oddiy: nega ko‘p gapirib o‘tirish kerak, agar bemalol jonglyorlik qilish mumkin bo‘lsa?

4. Shvetsiyada «Qaroqchilar» partiyasi ham mavjud. Ammo qo‘rqishga o‘rin yo‘q, ular shunchaki, mualliflik huquqiga qarshi.

5. 1983 yili Buyuk Britaniyada «Aqli zaiflar» partiyasi tashkil topgan. Partiya vakillari o‘zlarining absurd harakatlari bilan mashhur. Umumiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilish uchun ular hayvonlarni o‘z partiyalariga a’zo qilishadi, 1999 yildan 2002 yilgacha esa partiya raisi mushuk bo‘lgan.

Agarda Siz saytda xato ko`rsangiz uni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing..

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Xatolik to`g`risida xabar

Tahrirlovchiga yuboriladigan matn: